Markaziy Osiyo va Rossiya: Uruşdan keyingi munosabatlar qanaqa böladi? - ekspertlar bilan suhbat
|23:14 / 31.01.202336 82311 min
Rossiyaning Ukrainaga qarşi boşlagan bosqinçilik uruşiga salkam 1 yil tölyapti. Ötgan 2022 yilda Rossiya uruş tufayli nafaqat, Ukraina, ğarb va balki Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham qator ziddiyatli, tomonlarni noqulay ahvolga tuşirgan munosabatlarga bordiki, 2023 yilda bu munosabatlar qanday rivojlanişi köpçilikni qiziqtiradi.
Kun.uz muxbiri dunyoda yuzaga kelgan bugungi geosiyosiy vaziyat va undan Markaziy Osiyo davlatlari qanday xulosalar qilişi kerakligi borasida siyosiy tahlilçilar – Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimov bilan intervyu ötkazdi.
Kun.uz:
— Bugun intervyumizda e’tibor qaratiladigan asosiy masala Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston va Rossiya munosabatlari, uning buguni va kelajagi masalasi. Lekin undan avval mana şu munosabatlarga bevosita boğliq bölgan — Rossiya-Ukraina uruşi haqida.
Qator ekspertlar fikriça, Rossiya asta-sekin, lekin işonç bilan Ukrainaga qarşi uruşda mağlub bölmoqda. Tahlilçi sifatida ğarb ekspertlari tahlillari qançalik asosga ega deb hisoblaysiz?
Farhod Tolipov:
— Ha, bunday tahlillarda asos bor. Faqatgina rasmiylar yoki ekspertlar aytgani uçun emas. Şaxsan men uçun bu uruş boşlanişidayoq Rossiya mağlubiyati bilan tugaşi ayon edi. Uruş boşlangaç, dunyo hamjamiyatining munosabatini körib, ular bunga köz yummaydi, degan xulosaga keldim. BMTda Rossiya argessiyasi böyiça savol qöyilganda, ma’lum böldiki, hamjamiyatning aksariyati Rossiyani qoralaydi. Mana şu holatlarning özi ham jiddiy dalil bölyaptiki, xalqaro hamjamiyat töxtamaydi, Rossiya argessiyasiga qarşi çora körişda davom etadi. Keyingi voqealar rivoji mana şu fikrni tasdiqladi. Ğarb davlatlari Ukrainaga tanklar yetkazib beryapti. Natijada Ukraina hujum pozitsiyasiga ötişi ham mumkin. Bungaça Ğarb özini tiyib turgan edi, ya’ni uruş Rossiya hududiga ötib ketmasligi uçun. Lekin Rossiya tarafi rasmiylar darajasida ham, propaganda darajasida ham bayonotlarini keskinlaştirib boryapti. Putin bayonotida uruşning uzoq muddatga çözilişi mumkinligi xaqida gapirdi. Bu bilan dunyo hamjamiyatiga qanday bölmasin maqsadga erişmoqçi ekanini aytdi. Masalan, Rossiyaning sobiq prezidenti Medvedev yadroviy uruş bilan tahdid qildi. Propagandaçi Solovyov esa Ukrainaga tank bergani uçun endi Germaniya ham bizning nişonga aylandi kabi keskin fiklarni bildiryapti. Ya’ni Rossiya tomonida uruşni tugatiş niyati yöq. Bu holatda Ğarb ham şunga yaraşa çora körişdan boşqa yöl topmayapti, menimça. Ha, u hozirça artilleriya va tanklar bilan çeklanyapti. Rossiyaning uruşni töxtatiş niyati yöq, Ğarb va Ukraina esa şu yildayoq töxtatiş niyatida.
Mavzuga oid
Kamoliddin Rabbimov:
— Nazarimda vaziyat juda murakkab. Öylaşimça, uruş boşlanişidan oldin Putin yoki Kremlda faqat «A» reja bölgan, boşqalari bölmagan. Ya’ni xuddi Qrim ssenariysi takrorlanadi va Zelenskiy ma’muriyati tezda yiqilib, qoçib ketadi, natijada Ukraina egallanadi, degan ssenariy bölgan. Boşqa reja bölmagan. Ekspertlar ayni şu fikrda.
Rossiya bu uruşning tarixiy-siyosiy jihatini yutqazib böldi. Ya’ni butun dunyo hamjamiyati bu uruşni adolatsiz deb biladi va Rossiyani qöllovçi davlatlar soni juda kam. Hatto uning an’anaviy hamkori bölgan Xitoy va boşqa davlatlar ham özini Rossiyadan uzdi. Rasmiy Pekin katta masofa saqlayapti. Putin dunyo siyosiy maydonida ihotalangan davlatning rahbari bölib qoldi.
Kuçlar nisbatiga keladigan bölsak. Qaçonki, kuçlar nisbati 70ga 30 bölsa, psixologik siniş böladi. Ammo hali bunday vaziyat kuzatilmadi. Hozirda ba’zan Rossiya, ba’zan esa Ukraina tarafida taşabbus bölyapti. Törtta hudud qöşib olingaç, ötgan yilning kuzida Ukraina katta taşabbus körsatgan edi, lekin oxirgi paytda Rossiyada bölyapti bu taşabbus. Ukraina ğalabaga işonadi, hatto Qrimni qaytarib oliş niyati ham paydo bölmoqda. Lekin Rossiya tarafi ruhan singaniça yöq.
Kun.uz:
— Putin oxirgi 10-15 yilda butun Yevropani gaz yetkazib berişni töxtatiş bilan qörqitib kelardi. Ammo Yevropa qişda uzilişlar, gazni birinçi marta qimmatga sotib olişga majbur bölsa-da, Rossiyaga qaramlikdan qutulib oldi.
Rossiya uçun Yevropa bozori öldi. Xöş, Putin bundan bu yoğiga e’tiborini, Ğarbga qöllagan siyosatini Markaziy Osiyoga nisbatan qöllamoqçimi?
Deylik, «Uç tomonlama» gaz ittifoqini bu şantajning bir körinişi edi desak, Markaziy Osiyo davlatlarining bugungi siyosatidan nimani, qanday javobni anglaş mumkin?
Farhod Tolipov:
— Rossiya eksport qiladigan gazning taxminan 80 foizi Yevropaga ketar ekan. Endi bu 80 foizlik gazni boşqa yönalişlarga yönaltiriş yoki Markaziy Osiyodan ötkazişga salohiyati yetadimi, degan savol tuğiladi. Menimça, barçasini Markaziy Osiyodan ötkaziş imkoniyati yöq. Lekin qançadir qismini Markaziy Osiyodan ötkaziş va bozorini uşlab qolişga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlariga qançalik töğri keladi? Biz bunday savollarga javobni Ukrainada bölayotgan uruşga köra berişimiz kerak. Uruşga köz yummagan holda yondaşiş kerak bu masalaga. Agar haliyam Yevropaga eksport qilayotganda, bunday taklif bölarmidi, degan qöşimça savol bölişi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlarining qançalik gazga ehtiyoji bölmasin, bu taklif Rossiya tomonidan jarangladi. Demak, köproq ularning manfaatiga mos keladigan holatga öxşayapti. Yana bir masala: özimizning gazimiz köp ekani aytiladi doim. Şunday ekan, özimiz foydalana olmaymizmi, degan va şu doiradagi savollar avj olyapti ijtimoiy tarmoqlarda. Şuning uçun mutasaddilardan söraş kerak tafsilotlarni. Deylik, Rossiya bilan imzolangan şartnoma matnini.
Kun.uz:
— Bugun Rossiya global siyosatda iştirok etyaptimi yoki çetga çiqib qoldimi?
Farhod Tolipov:
— Global siyosat degani faqat ijobiy jarayon emas, tahdidlar, uruşlar, salbiy munosabatlar ham bor unda. Deylik, AQŞ yangi milliy xavfsizlik doktrinasida Rossiya AQŞga xavf soluvçi davlat sifatida belgilangan. BMT tomonidan Rossiya argessiyasi masalasi kötarilyapti, yadroviy uruş haqida gaplar bölyapti. Şu nuqtayi nazardan Rossiyaning harakatlari global ölçamdagi jarayon.
Kamoliddin Rabbimov:
— Markaziy Osiyoda qiziq bir holat hozir. Özbekiston, Qozoğiston, Turkmaniston gaz işlab çiqaruvçi davlatlar. 2005 yildagi Andijon voqealaridan keyin birinçi ma’muriyat öz xavfsizligini öylab geosiyosiy maydonda Rossiyaga nisbatan katta strategik yon bosişlar böldi.
Hozir Putin siyosiy tuzumi özining hayoti uçun kuraşyapti. Ukraina nazoratdan çiqib ketdi, Kavkaz mintaqasi kiçik maydon. Post sovet hududida eng katta hudud — Markaziy Osiyo. Putin hokimiyati Markaziy Osiyo davlatlarini gaz yoki boşqa vositalar orqali nazoratda uşlab turiş orqali öz yaşovçanligini ta’minlamoqçi. Ayni paytda Putinda tanlov imkoni yöq.
Sönggi bir yilda Markaziy Osiyoda Rossiyaning geosiyosiy ta’sir salohiyati ança söndi. Bu tabiiy jarayon. Markaziy Osiyo diplomatiyasi şundan iboratki, agressiv, burçakka qisilgan Rossiyaning resurslari bilan töqnaşmaslik. Rossiya özining yöqotişlarini qoplaş uçun qaysidir davlatlarni «çayqatişi» mumkin. Şuning uçun Markaziy Osiyo davlatlari imkon qadar Rossiya sirtmoğiga tuşmaslikka va diplomatiya orqali Rossiya takliflariga yumşoqlik bilan rad javobini berişga harakat qilyapti.
Kun.uz:
— Umuman, sönggi yillarda Putin Kavkazni yöqotdi, ya’ni Ozarboyjon Rossiya soyasidan yaqinda butunlay çiqib ketadi, Gruziya allaqaçon çiqdi, Armaniston ham KXŞTdan çiqişni öylamoqda. Markaziy Osiyo ham hozirgi geosiyosiy şaroitdan qanday xulosalar qilişi kerak?
Farhod Tolipov:
— Vaziyat juda ziddiyatli. Sobiq ittifoq davlatlaridan Rossiya tarafida bölganlari deyarli qolmadi. Hatto Belarusda ikkilamçi holatlar sodir bölyapti. Rossiya post sovet hududini yöqotyapti. Markaziy Osiyo davlatlari ğalati holatga tuşib qolgan ayni paytda. Rossiya va Özbekiston strategik şeriklik va ittifoqdoşlik töğrisida bitim imzolagan. Agar bitimlarni körsangiz, bir-biriga hujum bölganda yordam beradi, kerak holatda harbiy kuçlarni olib kiradi, degan jumlalar bor. Bizda AQŞ bilan ham xuddi şunday bitim bor. Köplab davlatlar bilan şunday strategik şeriklik şartnomalari bor bizda. Rossiya bilan 2004 yilda imzolangan. Qariyb 20 yil bölibdi, şunça vaqtda qayerda strategik şerik sifatida harakat qilindi özi? Tabiiy savol tuğiladi: bizga bu şartnoma kerakmi?
Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi holati va kelajagini tahlil qilganimda bir fikrga kelyapmanki, bu davlatlarda biz zaifmiz, kuçli davlatlar bosimiga doş berolmaymiz, yöq degan javob qaytara olmaymiz, degan bir kompleks bor. Mana şu narsadan voz keçiş muammo bölib turibdi. Birlaşişdan özga yöl yöq. Şu yil Markaziy Osiyo davlatlarining beşinçi maslahatlaşuv uçraşuvini kutyapmiz. Jiddiy xulosalar qiliş vaqti keldi. Ötgan safargi uçraşuvda Tojikiston va Turkmaniston tomonlari döstona qöşniçilik bitimiga imzo qöymadi, sababi öşa payt Qirğiziston bilan Tojikiston örtasida keskinlik bor edi.
Kamoliddin Rabbimov:
— Yuqorida aytilgandek, zaif davlatçilik kompleksi beşta respublikada ham bor. Bundan taşqari ayni paytda beşta respublika ham kutiş holatida. Ya’ni bugungi Putin juda agressiv va imperialist. Putinning nazarida post sovet hududidagi davlatlarni Moskva atrofida geosiyosiy qutb sifatida şakllantiriş missiyasi bor. Putin şu paytgaça post sovet hududida har xil taşabbuslar orqali Moskva nazoratida bölgan siyosiy maydon şakllantirişga urindi. Bu orqali sönib borayotgan Rossiya qudratini uşlab turişga harakat qildi. Hokimiyatga kelgandan beri ham uning eng katta ğoyasi şu edi.
Aytganimdek, Markaziy Osiyo davlatlarida kutiş pozitsiyasi bor deb öylayman. Markaziy Osiyodagi jarayonlar Putin ketgaç, albatta, tezlaşadi. Putindan keyin keluvçi şaxs imperiyaçilikka qanday qaraydi — buni bilmaymiz. Putindan keyingi siyosiy elitada ham qisqargan bölsa-da, imperiyaçilikka moyillik bölişi ehtimoli mavjud. Lekin keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari örtasida yaqinlik kuçaymoqda. Deylik, Özbekiston prezidentining Qirğizistonga taşrifida integratsiya uçun muhim qadam qöyildi. Ikki davlat örtasidagi çegara masalalari ham qolmadi. Putin ketgaç, bu jarayonlar tezlaşadi. Ammo bugungi kundagi vazifa ikkita: milliy davlatçilikni saqlab qoliş va Putin Rossiyasi bilan töqnaşmaslik.
Har bir davlatning Rossiya bilan munosabatlardagi töyinganlik darajasi bir-biridan farq qiladi. Masalan, Qozoğiston siyosati Rossiya omili bilan nihoyatda töyingan, şuning uçun Qozoğistonda Rossiyani bemalol tanqid qiliş bor. Özbekistondagi muvozanat boşqaçaroq: Rossiyadan masofa saqlayapmiz, umumiy çegaramiz ham mavjud emas. Qozoğiston, Armaniston yoki Ozorboyjondagi kabi Rossiya taşabbuslariga nisbatan demarşga ehtiyoj yuqori emas. Çunki bizda Rossiyaga u qadar yaqinlaşuv yöq.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.