Prezident qarori bilan suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Hujjatga ko‘ra:

  • Baxtiyor Kamolov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Dilshod Hojiahmedov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Zafar Irisboyev Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Shavkat Hamroyev O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelyapti