Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahrida faollar bilan uçraşib, suhbat qurdi. 

Suhbat davomida davlat rahbari elektr iste’moli böyiça çora-tadbirlarni Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari misolida aytib berdi. 

Qayd etilişiça, endilikda aholiga quyoş energiyasidan foydalaniş uçun jozibador tizim yaratiladi.

Vodiydan boşlab xonadonlarda işlab çiqarilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat uçun 1 ming sömdan hisob-kitob qilinadi (hozir 295 söm).

Ya’ni, uyga quyoş paneli örnatilsa, ehtiyojdan ortib qolgan elektrni 1 ming sömdan davlatga sotiş mumkin böladi. Hozir davlat aholiga elektr energiyasini 295 sömdan sotadi, lekin aholining özidan ming sömdan sotib oladi.

Vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyoş panellari va 100 ta mikro GESlar quriladi. 1 iyulga qadar tadbirkorlar jalb qilinib, Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farğonada 27 ta mikro GES quriş boşlanadi.