Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şvetsiyaga NATO a’zosi böliş uçun «bekorga vaqt sarflamaslikni» tavsiya qildi.

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yiğilişida sözga çiqqan Erdöğan Anqarada şunday dedi: «Biz uçun muqaddas kitob Qur’onni yoqib yuboriş kabi harakatlarga Şvetsiyada ruxsat berilar ekan, biz Stokholmning Alyansga qöşiliş haqidagi arizasiga «ha» deb javob bermaymiz».

Turkiya rahbarining sözlariga köra, Şvetsiyadan farqli ravişda Anqaraning Finlyandiya arizasiga munosabati ijobiy.

«Bizning Helsinki taklifiga munosabatimiz ijobiy, lekin Şvetsiyaning murojaatiga nisbatan salbiy. Şuning uçun Stokholm [NATO a’zosi bölişga urinib] bekorga vaqt sarflamasligi kerak», dedi Turkiya rahbari.