“Vaziyat tabiatan juda ziddiyatli. Ayni paytda tahlil qilsak, sobiq ittifoq davlatlaridan Rossiya tarafida bölganlari deyarli qolmadi. Hatto Belarusda ham ikkilamçi qandaydir öyinlar sodir bölyapti. Rossiya sobiq sovet hududini yöqotyapti.
Xöş, bugun bu vaziyatda Markaziy Osiyo özini qanday tutyapti va yana qanday imkoniyatlar bor?
Ayni paytda Markaziy Osiyo va jumladan, Özbekiston ham ğalati holatga tuşib qolgan. Masalan, Rossiya va Özbekiston strategik şeriklik va ittifoqdoşlik töğrisida bitim imzolagan. Xöş, hozir öşa hujjatlar amaldami, uni heç kim denonsatsiya qilmaganmi? Demak, hozir Özbekiston uçun xuddi Qozoğiston kabi Rossiya ham ittifoqdoş, strategik şerik ekan-da.
Agar öşa bitimlarni oçib körsangiz, unda şartnoma imzolayotgan davlatlar bir-biriga hujum bölganda, özaro yordam beradi, kerak holatda harbiy kuçlarni olib kiradi, degan jumlalar bor. Ya’ni biz Rossiya bilan hanuzgaça ittifoqdoş ekanmiz. Şu bilan birga, bizda AQŞ bilan ham şunday bitim bor.

Umuman olganda, bizda köplab davlatlar bilan şunday strategik şeriklik şartnomalari bor va bu bir “moda”ga aylangan holat. Qarang, Özbekistonning Rossiya bilan “Strategik şeriklik töğrisida”gi şartnomasi 2004 yilda imzolangan. Qariyb 20 yil bölibdi, lekin şunça vaqtda Özbekiston va Rossiya qayerda bir-biriga strategik şerik sifatida yordam berdi yoki birgalikda harakat qilindi? Tabiiy savol tuğiladi: bizga bu şartnoma kerakmi özi? U samarasiz ekan, voz keçişimiz kerakmi? Bu xuddi öz samarasini heç qaçon körsatmagan KXŞT taşkilotiga öxşaydi. Bu ham faqat qoğozda qolib ketayotgan hujjat. Bizda avval ham bunday savollar bölgan, lekin Ukraina konteksti bu savollarning dolzarbligini yanada oşirdi.
Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi holati va kelajagini tahlil qilganimda bir fikrga kelyapmanki, ularda zaif davlatlar kompleksi bordek. Ya’ni bu mamlakatlar va ularning rahbariyatida biz zaif davlatmiz, ojiz davlatmiz, qudratli davlatlar qurşovida turibmiz, bosimiga doş berolmaymiz, Xitoy bölsin, Rossiya bölsin, ularga yöq deyolmaymiz, bosimiga rozi bölişdan boşqa yölimiz yöq ekan, degan bir kompleks bor. Mana şu kompleksdan voz keçiş muammo bölib turibdi. Biz uçun bu kompleksdan voz keçiş qiyin bölib turibdi. Bu kompleks Markaziy Osiyo davlatlarining har birida mavjud. Kimdir bu kompleksni köproq sezdiradi, kimdir kamroq. Şuning uçun, birlaşişdan özga yöl yöq.
















