Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yil 15 martga belgilangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

FlyArystan — Qozog‘istonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.