Seminarda EIPP loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, jumladan, fotoelektr panellar ishlab chiqarish va yarimo‘tkazgichli elektronika bo‘yicha innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasterini yaratish kabi yo‘nalishlar taqdim etildi. Muhokama davomida kelgusidagi amaliy harakatlar, jumladan, yangi istiqbolli loyihalar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish doir amaliy choralar ishlab chiqildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik formatini belgilab, 2023 yilga mo‘ljallangan Dasturni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni kelishib oldi.











