Özbekiston Markaziy banki 2022 yilda oltin zaxiralarini 34 tonnaga oşirdi. Bu Jahon oltin kengaşi (WGC) hisobotida qayd etilgan.

Kengaş 2022 yilda Markaziy Osiyoda xaridlarning soğlom darajasi kuzatilganini qayd etgan. Özbekiston yilni oltin sotuvçi sifatida boşlab, xaridor sifatida yakunlagan. Yil yakunlari böyiça Özbekistonning oltin zaxiralari 34 tonnaga oşdi.

Qirğiziston (6 tonna) va Tojikiston (4 tonna) ham asosiy xaridorlar bölgan.

Qozoğiston salmoqli miqdorda oltin sotdi, uning zaxiralari 51 tonnaga kamayib, 352 tonnani (umumiy zaxiralarning 58 foizi) taşkil etdi.

Özbekistonning 2022 yildagi oltin eksporti

Özbekiston 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu raqamlar Statistika agentligi ma’lumotlarida aks etgan. Jahon bozorida oltin narxlari pasayişi fonida Markaziy bank mart-oktyabr oylari davomida qimmatbaho metall eksportini amalga oşirmadi.

Taqqoslaş uçun, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan. Garçi oltin eksporti borasidagi statistik ma’lumotlar batafsil keltirilmagan bölsa ham, ötgan yilda avvalgi yillarga qaraganda oltin sotişdan kamroq daromad olinganini köriş mumkin. Oltinning umumiy eksportdagi uluşi ham 21,3 foizgaça (2021 yilning mos davrida 24,7 foiz) pasaygan.

Dunyodagi oltin oldi-sotdisi tendensiyasi

Jahon oltin kengaşiga köra, 2022 yilda turli mamlakatlarning markaziy banklari jami 1136 tonna oltin sotib olgan, bu – 1967 yildan beri eng yuqori xarid darajasi hisoblanadi.

Eng yirik xaridorlar Turkiya va Xitoy böldi. Turkiya Markaziy banki 2022 yilda rasmiy oltin zaxiralarini 148 tonnaga oşirib, jami zaxiralarini 542 tonnaga yetkazdi.

«Oltinning inqiroz davridagi işlaşi va uzoq muddatli qiymat zaxirasi sifatidagi roli markaziy banklarning oltin xarid qiliş borasidagi qarorlariga ta’sir qiluvçi omillardir. Demak, geosiyosiy noaniqlik va beqaror inflatsiya bilan keçgan 2022 yilda markaziy banklar oltin zaxiralarini oşirişga qaror qilgani ajablanarli emas», – deyiladi Jahon oltin kengaşi tahlillarida.

Rossiya Markaziy banki xalqaro sanksiyalar joriy etilganidan keyin mahalliy işlab çiqaruvçilardan oltin sotib olişni qayta boşlaşini ma’lum qildi. Ammo yanvar oyida uning oltin zaxiralari 3 tonnaga kamayganidan söng boşqa ma’lumotlar e’lon qilinmadi.

Mintaqaviy miqyosda Yaqin Şarq yil davomida oltinning faol xaridori böldi. Misr (47 tonna), Qatar (35 tonna), Iroq (34 tonna), Birlaşgan Arab Amirliklari (25 tonna) va Ummon (2 tonna) oltin zaxiralarini sezilarli darajada oşirgan.