Xotin-qizlar masalalari böyiça boşlanğiç taşkilotlar töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanadi.

Belgilab qöyilişiça, xotin-qizlar masalalari böyiça boşlanğiç taşkilotlar raisi mehnat jamoasi rahbarining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi va maqomi böyiça ularning örinbosarlariga tenglaştiriladi.

Vazirliklar, davlat qömitalari, davlat boşqaruvining boşqa organlari va xöjalik birlaşmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida boşlanğiç taşkilotni tuziş, uning nizomini işlab çiqiş va belgilangan tartibda tasdiqlanişini ta’minlaydi.

2023 yil 1 martdan boşlab barça davlat organlari va taşkilotlarida, xöjalik birlaşmalarida:

  • xotin-qizlar masalalari böyiça boşlanğiç taşkilotlar raislari ularning mehnat jamoalarida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ma’naviyatini yuksaltiriş, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş borasida amalga oşirgan işlarining natijadorligiga qarab qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda rağbatlantirib boriladi;
  • mehnat jamoalarida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ma’naviyatini yuksaltiriş, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaşdagi rolini oşirişga qaratilgan tadbirlarni moliyalaştiriş davlat organlari va taşkilotlarining budjetdan taşqari mablağlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi;
  • birinçi rahbarlar «Şaxsiy namuna» tamoyili asosida oilaviy qadriyatlarni saqlaş va rivojlantiriş, yoşlar ta’lim-tarbiyasi, jamoada hamjihatlik muhitini şakllantirişda ibrat körsatiş orqali xodimlarning oilalarini mustahkamlaş va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
  • veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari orqali uşbu yönalişda mehnat jamoalarida amalga oşirilayotgan işlar, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ular ma’naviyatini yuksaltiriş, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaşdagi rolini oşiriş ahamiyati muntazam ravişda yoritib borilişini ta’minlaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga mehnat jamoalarida xotin-qizlar masalalari böyiça boşlanğiç taşkilotlarni taşkil etiş tavsiya etiladi.