Moskva viloyati, Krasnogorsk şahrida ötkazilgan sud mahkamasida Xabarovsk ölkasining sobiq gubernatori Sergey Furgal 2000-yillarning boşida biznesdagi raqobatçilarining qotilligi böyiça 3 ta epizodda aybdor deb topildi.
Suddagi hakamlar hay’ati tadbirkor Aleksandr Smolskiyni öldirişga suiqasd uyuştirişda, şuningdek, tadbirkorlar Yevgeniy Zorya va Oleg Bulatov qotilligining taşkilotçisi sifatida Furgal aybi isbotlanganini ma’lum qildi.
Hakamlar hay’ati xulosasiga köra, Furgal uçta epizodning birortasi böyiça şafqatga loyiq emas.
Endi sud unga nisbatan hukm çiqarişi lozim. Furgalga katta ehtimol bilan umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Sergey Furgal – sobiq şifokor-nevrolog, öz vaqtida yoğoç savdosi bilan şuğullangan. 2007-2011 yillarda Davlat Dumasida deputat bölgan. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi a’zosi. Furgal 2018 yilgi saylovda ğalaba qozonib, Xabarovsk ölkasi gubernatori bölgan edi. U hukumat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Yedinaya Rossiya» partiyasi vakilini mağlub etişga muvaffaq böldi.
Furgal 2020 yil yozida qotilliklarni taşkil qilganlikda ayblanib hibsga olindi. U ayblovlarni rad qildi. Buning ortidan Xabarovsk ölkasida ön minglab kişilar ommaviy norozilik namoyişlarini ötkazişdi. Namoyişçilar ölka hukumati binosi yaqinidagi maydonga töplanib, «Ozodlik!», «Furgal — bizning tanlovimiz!», «Men, biz, u — butun mamlakat Furgal uçun!» deya xitob qilişgan edi.

















