Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2022 yilda Özbekistonda körsatilgan transport xizmatlari tahlilini e’lon qildi. 

Yil yakunlariga köra, respublikada körsatilgan jami bozor xizmatlari hajmi 357,6 trln sömni taşkil etgan. Transport xizmatlari iqtisodiy faoliyat turlari böyiça bozor xizmatlari tarkibida 22,7 foiz uluş bilan savdo xizmatlaridan keyin ikkinçi örinni egallagan. 

Transport xizmatlari orasida avtomobil transporti eng katta uluşga ega – 51 foiz. Undan keyingi örinlarni 14,2 foiz bilan havo transporti, 13,1 foiz bilan quvurlar orqali yetkaziş hamda 11,4 foiz bilan temiryöl transporti egallagan.

Körsatilgan transport xizmatlarining umumiy hajmida eng katta uluşga ega hududlar:

  • Toşkent şahri – 13,1 trln söm; 
  • Toşkent viloyati – 5,94 trln söm; 
  • Samarqand viloyati – 5,33 trln söm;  

Eng past körsatkiçli hududlar:

  • Navoiy viloyati – 1,49 trln söm; 
  • Jizzax viloyati – 1,16 trln söm;
  • Sirdaryo viloyati – 666,2 mlrd söm. 

2022 yilda transport xizmatlari eksportida eng katta uluş quvur orqali taşiş xizmatining hissasiga töğri kelgan – 682,65 mln AQŞ dollari. Undan keyingi örinlarni temiryöl transporti (508,9 mln AQŞ dollari, havo transporti (466,1 mln AQŞ dollari) va avtomobil transporti (45,2 mln AQŞ dollari) egallagan.