Mehmonxonalarda sayyohlar uçun transport xizmatlarini körsatiş tartibi soddalaştiriladi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Axborot-tahlil markazi prezidentning yangi qaroriga asoslanib, Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi.
Yulduzli toifadagi mehmonxonalarning aksariyatida transport xizmatlari körsatiladi: aeroport, temiryöl/avtovokzaldan mehmonxonagaça va aksinça, şu bilan birga, turistik obektlarga. Ilgari bunday transport xizmatlarini körsatiş uçun mehmonxonalardan litsenziya oliş talab qilinar edi, endi bunday talab bekor qilinadi.
Şuningdek, aholi va xorijiy fuqarolarga şaharlararo taşuvlarni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya asosida mamlakat içida nomuntazam yönalişlar böyiça avtobus yoki mikroavtobuslarda transport xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati ham soddalaştiriladi. Ularga şahar va uning atrofi böylab taşuvlarni amalga oşiriş uçun qöşimça litsenziya oliş talabi bekor qilinadi.
Bundan taşqari, bir mehmonxonaga qaraşli har bir savdo nuqtasi uçun alkogol mahsulotlarni sotişga alohida ruxsat beruvçi hujjat talab qilinar edi. Yangi qaror bilan mazkur talab ham bekor qilinadi. Endi mehmonxona bir martalik ruxsat guvohnomasi asosida alkogol mahsulotlar sotuvlarini amalga oşiruvçi bar, mini-bar, kafe, restoranlar faoliyatini yölga qöyişi mumkin böladi.

















