Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning maoş borasida şifokorlarga bergan tavsiyasi jamoatçilik tanqidlariga sabab böldi.
“Agar bemorni mehr bilan davolab, töğri yondaşsangiz, rozi bölib özi sizga barakasini berib ketadi. Söramasangiz ham”, – degandi vazir kuni keça tibbiyot xodimlari bilan bölib ötgan uçraşuvda.
Vazirning bu sözlariga Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi ham munosabat bildirdi.
“Jamoatçilik kengaşi Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyatining korrupsiyaning oldini oliş böyiça boşlagan işlarini qöllab-quvvatlaydi.
Şu bilan birga, şarafli kasb egalari – şifokorlarni rağbatlantiriş yöllaridan biri sifatida bemorlar bergan mablağning e’tirof etilişini qonunçilikka va mamlakatda olib borilayotgan korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosatiga zid harakat sifatida qayd etadi.
Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortişiga hamda şifokor kasbi mavqeyining pasayişiga, soğliqni saqlaş tizimiga xalqning işonçi kamayişiga sabab böladi”, – deyiladi kengaş bayonotida.
Qöşimça qilinişiça, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining qöşma bayonotida “tibbiyot xodimlariga munosib mehnat şaroitini yaratiş va daromadini oşiriş, şuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş böyiça amaliy çoralar köriş, bunda, tibbiyot xodimlari malakasiga, körsatiladigan tibbiy xizmat hajmi, murakkablik darajasi va sifatiga qarab mehnatga haq tölaşning toifalangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş” belgilangan.
Jamoatçilik kengaşining ta’kidiça, şifokorlarni rağbatlantirişda bemorlardan pul oliş singari (ixtiyoriy yoki ixtiyoriy emasligidan qat’i nazar) noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etiş hamda haq tölaşning toifalangan mexanizmini joriy etiş – SSVning asosiy maqsadi bölişi lozim.
Aksilkorrupsiya organi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi bu masala ustidan jamoatçilik nazorati örnatilişini ma’lum qilgan.
Amrillo Inoyatovning maslahatiga “Yuksaliş” umummilliy harakati raisi, deputat Bobur Bekmurodov ham munosabat bildirdi. U Twitter'dagi sahifasida tibbiyotdagi korrupsiyaga işora qiluvçi suratni joylab, şunday deb

















