O‘zbekiston | 10:36 / 06.02.2023
2950
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti

O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning Unincoming Tour SL sayyohlik kompaniyasi bosh direktori, Valensiyadagi Silkway SL Ispaniya-O‘zbekiston savdo va sarmoya uyining rahbari o‘rinbosari Oskar Latso bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Unda Ispaniyadan mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri va charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakat sayyohlik salohiyatini Ispaniya va Lotin Amerikasi hududlarida keng targ‘ib etish orqali sayyohlar oqimini oshirish maqsadida bunga mutasaddi tashkilotlar, sayyohlik kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun infotur tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Oskar Latso o‘zining O‘zbekistonga o‘tgan yildagi safari chog‘ida mamlakat sayyohlik sohasi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida mamlakatga infotur tashkil qilish masalalari muhokama etilganini ma’lum qilar ekan, shunga ko‘ra joriy yil 17-24 mart kunlari 26 nafardan iborat guruh a’zolari uchun «Madrid - Istanbul - Toshkent - Samarqand - Buxoro - Xiva - Urganch - Istanbul - Madrid» yo‘nalishi bo‘yicha infotur rejalashtirilganini, ushbu guruh tarkibidan Ispaniya va Meksika turagentlari, blogerlar, yutuberlar, inflyuyenserlar va OAV vakillari joy olganini aytdi.

Oskar Latso 2022 yil mart oyida amaliy safar bilan mamlakatda bo‘lgan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar