Siyosatşunos Farhod Tolipov Kun.uz’ga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda ta’sir doirasi böyiça Rossiya-Xitoy geosiyosiy tandemi yöqligi va oldin ham bölmagani haqida gapirdi.

— Ukraina inqirozi ortidan Xitoyning Markaziy Osiyodagi strategiyasi masalasi. Şu paytgaça ekspertlar mintaqamizda Rossiya-Xitoy geosiyosiy tandemi Ğarbga qarşi işlaydi degan fikrda edi. Xöş endiçi?

— Fikrimça, bunday tandem heç qaçon bölmagan. Gap şundaki, köplab adabiyotlar, tahliliy materiallar va ba’zan rasmiy bayonotlarda göyoki Markaziy Osiyoda Xitoy va Rossiya öz ta’sir doirasi hamda strategiyasini belgilab olgani haqida gapiriladi.

Unga köra, Rossiya xuddiki Markaziy Osiyoning xavfsizligiga mas’ul böladi va buning uçun barça çoralarni köradi, iqtisodiy farovonlik, rivojlaniş esa Xitoyning yelkasidagi vazifa emiş. Bu qandaydir stereotipik fikr, böliniş.

Aslida Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillikka erişişidan to bugunga qadar biz bunga yaqqol dalil yo misol körmadik. Özingiz öylang, bugunga qadar Markaziy Osiyo xalqlari qanday sinovlardan ötmadi? Bu terroristik xavflar bölsin yo fuqarolar uruşi. Lekin şu kabi xavflarda masalan, Rossiya xizmatini körmadik-ku. Bu tahdidlarning barçasini Markaziy Osiyo davlatlarining özi hal qildi.

Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga Markaziy Osiyoning uçta davlati kirgan bölsa-da, biror joyda uning real xizmatini körmadik. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlarida bu kabi vaziyatlarga tayyorlangan maxsus kuçlar, armiya bor.

jyZmuQioCD-4kbRfMt84bVeMW7SUSm49.jpg (1400×894)

Iqtisodiy jihatdan ha, Xitoy savdo böyiça mintaqada birinçi öringa çiqdi, lekin bugun tahlilçilar aytmoqdaki, bu bilan markaziy osiyoliklar nimaga erişdi?

Qozoğiston, Qirğiziston va ayniqsa, Tojikiston qança qarzga boğlanib qoldi? Ular bugun xuddiki, boşi berk köçaga tuşib qolgandek. Bundan bu yoğiga qarzlarni qaytariş juda qiyin böladi. Ya’ni iqtisodiy farovonlikka Xitoyning mas’ulligini juda jiddiy tuşunmaslik, işonmaslik kerak. Bu işlar Markaziy Osiyo davlatlarining öziga boğliq. Şuningdek, bu ikki davlatdan boşqa hamkor va taşkilotlar bor. Dunyoda iqtisodiy farovonlikka mas’ul boşqa manbalar ham bor.