6 fevral tongida Turkiya janubi-şarqida, Suriya bilan çegara yaqinida kuçli zilzila röy berib, keng kölamli vayrongarçiliklarga sabab böldi. Kun böyi yer silkinişlari davom etdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, Turkiya va Suriyada tabiiy ofat qurboni bölganlar soni 5 mingdan, jabrlanganlar soni 25 mingdan oşgan.

Ukrainalik Mariya zilzila epimarkazlaridan biri bölgan Ğoziantepda yaşaydi va işlaydi. U BBC News Ukraina uçun bergan intervyusida ertalab soat 4 da, «kvartirasi titray boşlagaç» uyğonib ketganini aytadi.

«Bir soniyaga xotiralarim uyğonib, Ukrainadaman va bizni öqqa tutişmoqda deb öyladim. Bir soniya ötib esa bu zilzila ekanini angladim», deya hikoya qiladi Mariya.

Uning iş joyida doimiy ravişda zilzila vaqtida qanday harakatlaniş böyiça treninglar ötkazib borişadi – çunki Turkiya dunyodagi eng seysmik faol mintaqalardan birida joylaşgan, mahalliy aholi har yili zilzilalarga guvoh bölişadi.

Bunday holatlar uçun asosiy maslahat - bino içidan oçiq joyga çiqişdir.

Zilzila boşlangaç Mariya oyoq kiyimi va kurtkasini qöltiqlab yuguradi va öz qöşnilarini uyğotadi. Atrofdagi boşqa uylardagi kişilar ham köçaga çopib çiqişgandi.

U uy «konfet solinadigan quti kabi silkingani» va odamlar vahimaga tuşib har tomonga çopişganini eslaydi: «Kimda maşina bölsa, ketdi – tanişlarimdan biri bolalarini olib, dalaga yöl oldi».

Ğoziantep Turkiya va Suriya çegarasidagi zilzila epimarkazlaridan biri böldi

Mariyaning sözlariga köra, ikkita kuçli tölqin bölgan, uçinçisi nisbatan kuçsizroq edi. Silkinişlar orasidagi tanaffusda Mariya kvartirasiga kirib, mobil telefoni va hujjatlarini olib çiqişga ulguradi.

«Barça atrofimizdagi parkda turardi. Uç soat ötib biz uyga qaytib kirdik, çunki sovqotgandik va kiyimlarimizdan suv ötib ketgandi. Keyin internetda va sms-xabarnomalar orqali xavf haqida boşqa xabarlar kelmadi», deya eslaydi Mariya duşanba tongini.

U yaşagan uy butun qolgan, ammo kvartira devorlarida yoriqlar paydo bölgan. Uyda elektr yöq, ammo gaz quvuri butun va suv ham bor.

Şaharda vayrongarçiliklar bor – Mariya işlaydigan joyga yaqin masofada bir uy qulagan. Tanişlari ham unga öz uylari vayron bölgani haqida aytişgan.