Duşanba kuni tongida, odamlar hali uyquda ekanida Turkiya janubi-şarqida, Suriya bilan çegaradan bir neça ön kilometr masofada röy bergan 7,8 balli zilzila keng kölamli vayrongarçiliklarga sabab böldi. Keyingi soatlar davomida bir neça ön afterşoklar qayd etildi, kunning ikkinçi yarmida yana bir 7,5 balli zilzila röy berdi.

Turkiya hukumatining sönggi ma’lumotlariga köra, 1541 kişi halok bölib, 9733 kişi jarohatlangan, Suriyadan berilgan sönggi ma’lumotlarda — 800 ga yaqin kişi ölimi körsatilgan. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qurbonlar soni ança köproq bölişi kutilayotganini ma’lum qilgan.

«Öylaymanki, qurbonlar soni sezilarli darajada oşişini kutiş mumkin. U yerda juda köp binolar qulagan va zilzila epimarkazi hududidagi qurbonlar soni sezilarli darajada oşadi», degan Reuters agentligi muxbiriga JSSTning Şarqiy Örta Yer dengizidagi favqulodda vaziyatlar böyiça mintaqaviy bölimi direktori Rik Brennan.

Ikki mamlakatda minglab binolar vayron bölgan. 

Foto: Burak Kara/Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo
Suriyaning Idlib şahrida vayron bölgan uy
Anas Alkharboutli / dpa / Scanpix / LETA
Suriyaning Afrin şahrida qidiruv-qutqaruv amaliyoti
Ugur Yildirim / dia images / Getty Images
Suriyaning Idlib viloyatidagi hospitalga olib kelingan jabrlanuvçilar
Ghaith Alsayed / AP / Scanpix / LETA