Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyida 85 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
Eng ko‘p o‘g‘irlik Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Foto: Energetika vazirligi
2023 yil yanvar oyida ulgurji iste’molchilar tomonidan 614 ta holatda 85 mln kub metr (85 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd so‘m), Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd so‘m), Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd so‘m), Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrda so‘m), Farg‘onada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd so‘m) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha: gaz quyish shoxobchalarida 20 ta holat (76,8 mlrd so‘m), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd so‘m), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd so‘m), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd so‘m) aniqlangan.
Barcha holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026