Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Axborot xizmati Abduqodir Möminov hibsga olingani böyiça rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, şahar IIBBga fuqaro E.Z. ariza bilan murojaat qilib, Abduqodir Möminov ismli şaxsning harakatlariga nisbatan qonuniy çora körişni söragan. Murojaat asosida tekşiruv ötkazilgan.
Möminov 2021 yilning oktyabr oyida tanqidiy videolavhalar tayyorlaş va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş orqali fuqaro E.Z.ning ukasi D.Yu.ning nomiga rasmiylaştirilgan MÇJ bilan boğliq holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov bölimi iş yurituvidagi jinoyat işini ijobiy hal etişga IIB xodimlarini göyoki majbur qila olişini aytib, şu orqali E.Z.ning işonçiga kirib, özining xizmatlari uçun jami 10 ming dollar sörab, şundan 3 800 dollarini oldindan olib, bergan va’dasini bajarmay, olgan pullarni öz ehtiyojlariga işlatib yuborganlikda gumonlanyapti.
Bundan taşqari, 2021 yilning oktyabr oyida Möminov Jizzax viloyatida fuqaro A.T. bilan uçraşib, uning rahbarligi ostidagi taşkilot töğrisida salbiy yösinda videolavha tayyorlaganini, uşbu materialni özining “Közgu” nomli ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali tarqatadigan bölsa, taşkilot rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olinişini aytib, A.T.ni öz mulkini berişga majbur qiladigan şaroitga solib, A.T.dan uşbu ma’lumotlarni sir saqlaşi uçun 70.000 AQŞ dollari söragani aytilmoqda.
Fuqaro A.T. öz körsatuvlarining tasdiği sifatida A.Möminov bilan örtasidagi sözlaşuvlar audio yozuvini taqdim etgan va unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur holatlar yuzasidan A.Möminovga nisbatan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”), 165-moddasi (“Tovlamaçilik”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

















