Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonda saqlanayotgan qo‘lyozmalarni tiklash, ularni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) va arxivlashtirishda Misr tajribasidan foydalanish, sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni O‘zbekiston va Misr o‘rtasida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi davomida imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.















