Xabarovsk ölkasining sobiq gubernatori Sergey Furgal işi böyiça sud jarayonida prokuror ayblanuvçi uçun 23 yilga qattiq rejimli koloniyaga yuboriş jazosini söradi. Ayblov tomoni Furgal 2000-yillar boşida tadbirkorlarni buyurtma asosida öldirişni uyuştirganini isbotlangan deb hisoblamoqda, deb xabar beradi TASS 8 fevral, çorşanba kuni öz muxbiriga tayanib. 

Şu bilan birga, prokuratura bu iş böyiça yana uç nafar ayblanuvçini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilişni talab qildi: Marat Qodirovni - 10,5 yilga, Andrey Paleyni - 17 yilga, Andrey Karepovni - 22 yilga. 

Xabarovsk ölkasining sobiq gubernatori Sergey Furgal 2020 yil 9 iyulga ötar keçasi Xabarovskda qölga olindi. Uning hibsga olinişi şaharda siyosatçini qöllab-quvvatlaş va Moskvaning mintaqa işlariga aralaşuviga qarşi ommaviy namoyişlarga sabab böldi. Xabarovskda olti oy davomida har şanba kuni sobiq gubernator himoyasi uçun yurişlar taşkillaştirildi.

2023 yil 2 fevralda hakamlar hay’ati Furgalni aybdor va yengillikka loyiq emas deb topdi. SOTA Telegram-kanalida e’lon qilingan sud zalidan olingan videoda Xabarovsk ölkasining sobiq gubernatori hakamlar hay’atiga qarata «uyat» deb baqirgani eşitiladi. Siyosatçining advokati Boris Kojyemyakinning sözlariga köra, himoyaçi adolatni rus tilida emas, xalqaro instansiyalarda izlamoqçi.