Yevropa-Örtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga köra, oxirgi 48 soat içida dunyoda 4 balldan kuçli 241 ta zilzila qayd etildi. Örtaça har 12 daqiqada 1 zilzila yuz bermoqda.
Eng kuçli silkinişlar Şarqiy va Markaziy Turkiyada, şuningdek, Suriya qirğoqlari va Indoneziyada kuzatilgan.
Jumladan, Turkiya janubida 1 soat içida 7 ta zilzila qayd etilgan.
6 fevral kuni ertalab Turkiyaning Suriya bilan çegarasida kuçli zilzila yuz bergan edi. Oqibatda 5 mingdan ortiq odam halok böldi, ön minglab odamlar jarohatlandi. Minglab uy-joylar vayron böldi.


















