Turkiyaning janubi-şarqiy viloyatlarida röy bergan kuçli zilzila oqibatida talafot körgan hududlarga Özbekistondan insonparvarlik yordam yuboriladi.

Kerakli mahsulotlarni yiğiş Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda «Yoşlar — kelajagimiz» jamğarmasi kömagida taşkil qilinmoqda.

Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uçun zarur mahsulotlar röyxatiga bolalar va kattalar uçun qişki kiyimlar, çodir, yotoq, isitiş vositalari, generatorlar, çidamli oziq-ovqat konservalari, çaqaloqlar bötqasi va tagliklari, tozalaş va gigiyena vositalari kiritilgan.

Gumanitar yordam beriş istagida bölganlar quyidagi manzilga taşrif buyurişlari mumkin: Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Bobur köçasi 30-uy. Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti texnoparki - Lokatsiya

Yordam 8 fevraldan har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uçun telefon: (+99878) 150 60 06. Qisqa raqam: 1094