Kuçli zilzila tufayli Turkiya uç metrga yaqin siljidi. Bu haqda Italiya Geofizika va vulqonologiya milliy instituti prezidenti Karlo Dolioni ma’lum qildi.
Falokatli hodisa natijasida Arabiston plitasi Anadolu plitasiga nisbatan janubi-ğarbiy yönalişda harakatlangan. Bu esa 15-20 kilometr çuqurlikda «transkurrent» yoriqni keltirib çiqargan.
Dolioni sözlariga köra, Turkiya Suriyaga nisbatan 5-6 metrga siljigan. Ammo aniq ma’lumotlar yaqin kunlarda ESA Sentinel va ASI CosmoSkymed sun’iy yöldoşlari tomonidan olib borilgan kuzatuvlardan söng ma’lum böladi.
Yoriq uzunligi 190 kilometr va kengligi 25 kilometr bölgan maydonni qamrab oldi va töqqiz soatlik farq bilan ikkita eng kuçli zilzilaga sabab böldi. Ular Turkiya janubida va Suriya şimolida sodir bölib, magnitudasi mos ravişda 7,8 va 7,5 ballga yetgan. Bu mintaqa seysmik «qaynoq nuqta» hisoblanadi, çunki u Anadolu, Arab, Yevroosiyo va Afrika plitalari kesişmasida joylaşgan. Ular bir-biri bilan muntazam töqnaşadi.
Zilzilalar uzoq davom etadigan «seysmik epidemiya»ning bir qismi bölib, u kunlar, oylar va hatto yillar davomida takrorlanişi mumkin. Dolioni sözlariga köra, plitalar töqnaşuvi natijasida yiğilgan energiya tarqalib ketmagunça, silkinişlar davom etaveradi.
Turkiya seysmologiya xizmati sunami xavfi haqida ham signal bergan edi, biroq hosil bölgan tölqin kuçsiz va kiçik bölib, balandligi atigi 30 santimetrga yetdi.


















