Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 8 fevral kuni zilziladan eng köp jabrlangan hududlardan biri bölmiş Qahramonmaraş viloyatiga keldi.
U taşrifi davomida mamlakatda 6 fevral kuni röy bergan zilzila qurbonlari soni böyiça sönggi ma’lumotlarni oçiqladi. Unga köra, hozirgaça 8574 kişi halok bölgani va 49 133 kişi jarohatlangani tasdiqlangan. 6444 ta bino qulagan.

Turkiya prezidenti tabiiy ofatdan jabrlangan 10 viloyatda bir yil içida yangi uylar qurib berilişini va’da qildi. Erdöğan hukumat Antalya, Alanya va Mersindagi mehmonxonalar bilan boşpanasini yöqotgan fuqarolarni joylaştiriş böyiça kelişuvga erişganini qöşimça qildi.
Prezident barça jabrlanuvçilarga 10 ming lira (530 dollar) miqdorida yordam puli tölanişini ma’lum qilgan.
- Yangilangan ma’lumotlarga köra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 9 057 nafarni taşkil etmoqda, jabrlanganlar soni 52 mingdan oşgan.
Suriya davlat naşrlarining sönggi ma’lumotlariga köra, kamida 2500 dan ortiq kişi halok bölgan, 5 mingdan ortiq kişi jarohatlangan.
Bu yakuniy raqamlar emas va ösişda davom etadi, çunki xarobalar ostida hali ham odamlar qolmoqda. Qişning sovuq kunlarida esa ularni yer ostidan tirik holda çiqarib oliş imkoniyatlari yanada pasayadi.
Halokat öçoqlarida qariyb 100 ming qutqaruvçi, jumladan köngillilar va boşqa mamlakatlardan kelgan minglab mutaxassislar işlamoqda.
6 fevral kuni ertalab soat 4 dan oşganda 7,8 magnitudali birinçi zilzila Turkiya janubi-şarqidagi Ğoziantep şahriga yaqin hududda sodir böldi. Kunning ikkinçi yarmida esa 7,5 magnitudali ikkinçi zilzila röy berdi. Birinçi zilzila vaqtida jiddiy şikastlangan minglab binolar, jumladan, şifoxonalar, maktablar va turar joylar ikkinçi yer silkinişi çoğida qulab tuşdi, son-sanoqsiz odam boşpanasiz qoldi.
«Hozirda bu vaqt bilan poyga. Har daqiqa, har soat omon qolganlarni topiş imkoniyati kamayib bormoqda», deya ma’lum qildi Jyenevada Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.
JSST vakili Adelxayd Marşangning sözlariga köra, Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatida 23 million kişi jabr körgan bölişi mumkin. Birlaşgan millatlar taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YUNISEF) vakili Jyeyms Elder vayronalar ostida minglab bolalar halok bölgani borasida xavotir bildirdi.


















