Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni Turkiya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasiga bordi.
«Ma’lumki, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-şarqiy ellarida yuz bergan kuçli zilzilalar vayronkorligi bilan butun dunyoni larzaga soldi. Özbek xalqi ham ofat oqibatlarini qalbiga yaqin olib, çuqur qayğu va hamdardlik hissini tuydi.
Davlatimiz rahbari öşa kuniyoq qardoş Turkiya xalqiga va prezident Rajab Toyyib Erdöğanga hamdardlik bildirgan edi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etişda kömaklaşiş uçun mamlakatimizdan bir neça guruh qutqaruvçilar Turkiyaga yuborildi. Şuningdek, gumanitar yordam yuklari muntazam jönatib turilibdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident bugun Turkiyaning Özbekistondagi elçixonasiga borib, qardoşlarga yana bir bor hamdardlik bildirdi. Parvardigordan marhumlarni öz rahmatiga olişini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berişini söradi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda soğayib ketişini tiladi.
«Özbek va turk xalqlari yaxşi-yu yomon kunlarda hamişa birga bölgan, bir-birini qöllab-quvvatlagan. Bu döstlik, qardoşlik va özaro yelkadoşlik hozirgiday oğir kunlarda yanada bilinadi», deyiladi xabarda.

Davlat rahbari Özbekiston barça zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elçixonada oçilgan hamdardlik kitobiga tasalli sözlarni yozib qoldirdi.


Sönggi ma’lumotlarga köra, Turkiyada zilzila oqibatida 12873 kişi halok bölib, 62 mingdan ortiq kişi jarohatlangani tasdiqlangan. Qurbon va jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari ham bor.


















