OTB O‘zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun 150 mln dollar ajratishni ma’qulladi
Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistonga 150 million dollarlik yangi mablag‘i fiskal risk va davlat qarzini boshqarishni kuchaytirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilishni kengaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va audit tizimlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Foto: Osiyo taraqqiyot banki
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda iqtisodiy boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun 150 million dollar miqdorida kredit va 400 ming dollar grant ajratishni ma’qulladi, deb yozmoqda Gazeta.uz bank matbuot xizmatiga tayanib.
OTBning 2-bosqich Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturining birinchi kichik dasturi davlat sektori boshqaruvi islohotlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi va chuqurlashtiradi.
Dastur O‘zbekiston hukumatiga huquqiy, me’yoriy va institutsional bazani isloh qilishda ko‘mak beradi. U moliyaviy boshqaruvning samaradorligi va shaffofligini oshirish, davlat korxonalarini boshqarish va faoliyatini yaxshilash, shu jumladan raqobatni rag‘batlantirish maqsadida monopoliyaga qarshi tizimlar hamda mustahkam korrupsiyaga qarshi kurashish va audit tizimlari orqali davlat sektori mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
Birinchi kichik dastur doirasidagi islohotlar fiskal risklar va davlat qarzlarini boshqarishni kuchaytirish, genderga jihatlari va «yashil» budjet orqali davlat resurslarini taqsimlashni takomillashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, ular axborot texnologiyalari asosida soliq ma’muriyatchiligi orqali «ichki resurslarni safarbar qilishni yaxshilash»ni maqsad qilgan. Islohotlar, shuningdek, ijtimoiy himoya qamrovini kengaytiradi, korrupsiyaga qarshi kurashish va audit tizimlari samaradorligini oshiradi.
Dastur O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. «Aniq milliy reja hukumatga Parij kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga, infratuzilmani modernizatsiya qilishga va ishchi kuchini «yashil» ish o‘rinlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga o‘qitishga yordam beradi», deb ta’kidlagan OTB.
«Davlat sektori investitsiyalari uchun fiskal maydonni yaratish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishda qulay muhit yaratish uchun monopoliyaga qarshi tizimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda davlat korxonalarining moliyaviy shaffofligini, korporativ va professional boshqaruvini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega», dedi OTBning davlat boshqaruvi bo‘yicha bosh iqtisodchisi Chidem Akin.
400 ming dollarlik texnik yordam granti o‘z navbatida islohotlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi
Jahon | 17:53
-
Rossiya yo‘qotish nima ekanini tushunishi kerak – Zelenskiy
Jahon | 17:49
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
Mavzuga oid

08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

21:15 / 08.10.2024