Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yil hisobidan 4 yanvardan 12 yanvargaça bölgan vaqt oraliğida atigi 8 marta budjet daromadlari va xarajatlari töğrisidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Yanvarning birinçi ön kunligida budjet daromadlari 4 trln 374 mlrd sömni, xarajatlar esa 9 trln 919 mlrd sömni taşkil qilgan. Budjet defitsiti 5,5 trln sömga teng bölgan. Ya’ni xarajatlar bu davrda daromadlarga nisbatan 2 barobardan köproqqa oşgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlari. Vazirlik 9 yanvar uçun ma’lumotni 2 marta e’lon qilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi oxirgi marta 12 yanvarda xarajatlar va daromadlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Şundan keyin vazirlikning Telegram-kanalida ma’lumotlar berilişi töxtatildi.

Gazeta.uz'ning e’tibor qaratişiça, 2021 yilning 8 kunida budjet taqçilligi 270,8 mlrd sömni, 2022 yilning 8 kunida esa 318 mlrd sömni taşkil qilgan. Joriy yildagi budjet taqçilligi (5,5 trln söm) esa 2023 yil prognoz qilingan davlat budjeti taqçilligining 22 foizini taşkil etmoqda. (2023 yil uçun konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining çeklangan miqdori YaIMning 3 foizi miqdorida deb belgilangan).

“Hukumat ekonomiya rejimiga ötişi kerak”

Iqtisodçi Otabek Bakirov ötgan yilning şu davrida davlat budjeti daromadlari 4 898,0 mlrd söm, xarajatlar esa 5 408,9 mlrd sömdan iborat bölganiga e’tibor qaratdi. Bu yilgi xarajatlar ötgan yilga nisbatan