Turkiyada quriliş qoidalariga rioya qilinmagani böyiça norozilik kuçaymoqda – bu holat zilzila vaqtida köplab binolar qulaşiga olib kelgan. BBC yaqinda qurilgan binolar tabiiy ofat vaqtida qulab tuşgani haqidagi ma’lumotlarni tekşirdi.

Malatyadagi uylardan birining qurilişi ötgan yili yakunlangan, ijtimoiy tarmoqlarda «bino eng sönggi zilzila xavfsizligi standartlariga muvofiq tarzda qurilgani» haqida e’lon berilgan.

E’londa şuningdek işlatilgan barça materiallar va bajarilgan iş sifati – «yuqori darajada» ekani qayd etilgan.

Hozirga kelib bu e’lon öçirib yuborilgan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari undan skrinşotlar olişgan va videoni yuklab olib, uni internetga qayta joylaştirişgan. Skrinşotlardagi kadrlar kompaniya saytida e’lon qilingan boşqa e’lonlar uslubiga mos keladi.

Oldin va keyin: Iskandarunda 2019 yilda qurilgan va zilziladan vayron bölgan uy

Port şahar Iskandarunda ham yana bir köp kvartirali uy qulagan.

Uning quruvçisi quriliş işlari 2019 yilda yakunlangani körsatilgan tasvirni e’lon qilgan. BBC qulagan bino surati kompaniya tomonidan tarqatilgan kvartal reklamasidagi bino joylaşuviga mos kelişini tasdiqlagan.

Naşr izoh oliş uçun quruvçi kompaniya bilan boğlangan, lekin javob ololmagan.

Antakyadagi «Guklu Boğça» kompleksi zilzila oqibatida jiddiy darajada şikastlangan

Boşqa bir kadrda Antakyada 2019 yilda qurilgan yana bir uy vayron bölganini köriş mumkin.

Naşr uşbu turar joy kompleksining 2019 yil noyabrida ötkazilgan oçiliş marosimi aks etgan videoni topgan, unda quriliş kompaniyasi xöjayini şunday deydi: «Guklu Boğça» loyihasi – joylaşuvi va quriliş sifati jihatidan boşqalariga nisbatan öziga xosliklarga egadir».