Kun.uz muxbirining xabar berişiça, taşabbus boşlangan 8 fevraldan buyon hozir vaqtgaça 80 tonnadan ortiq mahsulotlar yiğilgan. Mahsulotlar olib borilgan joyda ham saqlanişi uçun yaxşilab qadoqlanmoqda. Özbekistonliklar yordam töplaş markaziga bolalar va kattalar uçun qişki kiyimlar, çodir, generatorlar, uzoq saqlanadigan oziq-ovqat va gigiyena vositalaridan iborat köplab zarur mahsulotlar olib kelyapti.

Markazga Turkiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Olgan Bekar ham taşrif buyurib, Özbekiston hukumati, tadbirkorlari va özbek xalqiga körsatilayotgan yordam uçun minnatdorçilik bildirdi.

«Döst «qora kun»da bilinadi, degan maqol bor. Özbekistonliklar şunday oğir kunda oldimizda yelkadoş bölib turganini körib turibmiz. Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriği bilan Turkiyaga ikkita alohida qutqaruv guruhi yuborildi. Bu yerda biz Savdo-sanoat palatasi boşçiligida yiğilayotgan mahsulotlarni jamlab Turkiyaga yuborişga boş-qoş bölyapmiz. Sizning oldingizda özbek xalqiga va tadbirkorlariga öz minnatdorçiligimni izhor qilmoqçiman,” – deya Turkiya elçisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, tadbir iştirokçilari falokat oqibatlarini bartaraf etişga yordam tariqasida bormoqçi bölgan volontyorlar yuzasidan ham fikr bildirdi.

«U yerda sönggi 3-4 kunlarda samolyotlarning qönişida ham muammolar bor. Hozir birinçi navbatda davlat tomonidan qutqaruv guruhi yuborildi. Aholiga kerakli birinçi yordam ham. Haqiqatan ham yordamga bormoqçi bölgan volontyorlar bor, lekin u yerdagi vaziyatni bilmaymiz va hozirça biror narsa aytolmaymiz. Bu borada şaroitlar aniq bölgaç javob beriş mumkin», dedi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov.

Zilzila oqibatlarini bartaraf etiş uçun Turkiyaga 95 davlat, jumladan, Özbekiston ham öz yordamini taklif qildi. Ayni paytda mamlakatda 6,5 mingga yaqin xorijlik qutqaruvçilar jalb etilgan. Şuning 100dan ortiği Özbekistondan. Özbekistonlik qidiruv-qutqaruvçilari önlab jabrlangan va halok bölganlarni vayronalar ostidan çiqardi. Işlar davom etmoqda.