Turkiyadagi zilziladan söng davlat rahbari topşiriğiga köra qisqa vaqt içida yölga otlangan FVV xodimlari haqidagi lavha köpçilikni tölqinlantirdi. Yigitlarning şaxdam qadamlar bilan samolyotga çiqib ketişlari, yetib borgan zahoti işga kirişib, jabrlanganlarni qutqarib olayotganlari yurtdoşlarimiz közini yoşga töldirdi. Dastlab 100 nafar FVV xodimlari, keyinçalik 71 nafar harbiy şifokorlar ofat öçoğiga yöl oldilar va bugungi kunda faol harakat qilişmoqda.
Zilzila hududida bölgan vatandoşlarimiz qutqaruvçilar taşrifidan juda mamnun bölganlarini bildirişgan. “Bugun Özbekistondan kelgan qutqaruvçilarning bir guruhini körib qoldim. “FVV“ yozuvi tuşirilgan, Özbekiston bayroği ilingan maşinani körib, ğururlanib ketdim”, — deydi Hataydagi toşkentlik Sanjar.
Ayniqsa tabiiy ofat hududidagi aholi qutqaruvçilarimizga katta minnatdorçilik bildirişmoqda. “Özbeklar qardoşlarimiz ölaroq qiyin kunlarimizda bizga yordam berişyapti”, deyişmoqda ular.
“Bizga qardoş xalq ekanligingizni yana bir marta körsatdingiz, Alloh rozi bölsin sizlardan, – deydi ofat hududida bölgan Turkiya fuqarosi Tolğa Dikmen.
Ofat sodir bölgan bu hududlarga yurtimizdagi AFAD taşkiloti ham yetib kelolmadi. Siz esa qançalar uzoqda bölsangiz ham yetib kelib, qutqaryapsizlar. Yaxşi tayyorlangan guruhsizlar deb öylayman. Qardoş ölkamizsiz. Jönatgan davlatingizdan ham, sizdan ham Alloh rozi bölsin deymiz”.
Eng ta’sirlisi özbekistonlik qutqaruvçilarning zilziladan 102 soat, ya’ni 4,5 sutka ötib, 32 yoşli Naim Bayaslini qutqarib qolganlari hammani tölqinlantirdi. Hatay viloyatining Antakya tumanida olib borilayotgan murakkab operatsiya şunça vaqt ötib ham ijobiy natija bergani çindan ham juda quvonarli. Bundan taşqari yana önlab bolalar va kattalar qutqarib olindi.
Qutqaruvçilarimizning ofat hududiga jönatilganining eng asosiy jihati qardoş xalqqa oğir paytda yordam bölsa, ikkinçi tomoni – mutaxassislar eng murakkab vaziyatlarda işlab, tajriba orttiradilar. Boşqa yurtlardan kelgan hamkasblarining faoliyatini örganadilar, real vaziyatda taşabbusni qölga olişni, sinovlarga tik boqişni odat qiladilar. Albatta, yurtimizni bunday balo-yu ofatlardan Özi asrasin, lekin tajriba şuni körsatadiki, bu soha vakillari har doim, har on şay turişlari lozim.

















