Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi qurilgan ko‘pqavat uylardan birining devorlari yorilgani aytilmoqda
Foto: Videodan kadr
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2017 yilda qurilgani aytilayotgan ko‘p qavatli uyning devorlari yorilib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holatdan Qurilish vazirligi xabardor, mas’ullar o‘rganish ishlarini boshlagan.
Videoda ma’lum qilinishicha, tumandagi “Oliy himmat” MFYda joylashgan bu “novostroyka”ning barcha xonalaridagi devorlari yorilib ketgan.
“Mana shu darajagacha keldi. Shu uyni “novostroyka” deb bizga aldov yo‘li bilan sotishdi. Mana shunday ahvol, oynalar va eshik yopilmaydi. Ochiq qolgan joylaridan ko‘cha ko‘rinadi”, – deydi videomurojaat muallifi.
Qurilish vazirligi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni prezident jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokidagi yig‘ilishda Toshkent shahrida bosh reja bo‘lmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishini aytgandi.
Mavzuga oid
12:07
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026
Toshkentda kiberjinoyatlar jinoyatlarning yarmidan ko‘pini tashkil qildi
14:01 / 24.03.2026