Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyadagi zilzilalardan söng vayrona bölgan uy-joylarda talonçilikka aloqador bölgan marodyorlarni davlat jazolaşini aytdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Biz favqulodda holat e’lon qildik. Bu şuni anglatadiki, bundan buyon talonçilik yoki odam öğirlaş bilan şuğullangan şaxslar davlatning mustahkam qöli yelkasida ekanini bilişi kerak», dedi davlat rahbari.
Avvalroq, Avstriya armiyasining qutqaruvçilari Turkiyaning zilzila zonasida vayronalarni tozalaş paytida xavfsizlik masalasi yetarliça ta’minlanmagani tufayli, işni töxtatganini e’lon qilgan edi. Jumladan, ular jinoiy guruhlar tomonidan uyuştirilayotgan otişmalarga e’tibor qaratişdi.
Erdöğan, şuningdek, Turkiya janubidagi yuz minglab binolar hozir yaşaş uçun yaroqsiz ekanini ta’kidladi va rasmiylar tez orada tiklaş jarayonini boşlaşini qöşimça qildi.
9 fevral kuni Erdöğan mamlakatda sodir bölgan dahşatli zilziladan söng marodyorlik boşlanib ketganini aytgan edi.
11 fevral holatiga köra, Turkiyada kuçli zilzila qurbonlari soni 21 mingga yaqinlaşdi, 80 mingdan ortiq odam jarohat oldi.


















