Turkiyada zilzila qurbonlari soni 24 617 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Faxriddin Xöja jurnalistlarga ma’lum qildi.

Qöşni Suriyada esa, Al Jazeera ma’lumotiga köra, hozirça 4500 dan ortiq kişining jasadi topilgan. Al Hadath telekanali esa bu raqam 5200 dan ortiqligini xabar qilgan. 

Şu tariqa, ikki mamlakatda qurbonlarning jami soni - kamida 29 100 nafardan oşgan.

Axborot agentliklari xabar berişiça, şanba kuni, zilziladan keyin beş kun ötib Ğoziantep viloyatida xarobalar ostidan beş kişidan iborat oila çiqarib olingan: ota-ona, ikki qiz va bir öğil. Oila möjiza tufayli epimarkazdan uzoq bölmagan joyda qulab tuşgan uy ostida omon qolgan.

AP agentligi ham şanba kuni yetti yoşli qiz qutqarilgani haqida xabar berdi, u Hatay viloyatida zilziladan keyin 132 soat davomida xarobalar ostida qolgan.

Xavf ostidagi qutqaruvçilar 

Ayrim joylarda qutqaruvçilarning özi ham xavf ostida qolişgan. Nemislarning ikki taşkiloti – Germaniya xalqaro qidiruv-qutqaruv xizmati (ISAR) hamda Germaniya texnik yordam federal agentligi (THW) - boşqa ayrim guruhlar ortidan Turkiya janubidagi qutqaruv amaliyotlarini töxtatişgan.

«Turli guruhlar örtasidagi töqnaşuvlar haqida yangidan yangi xabarlar kelib tuşmoqda, öq ovozlari ham eşitilgan», - deya izoh bergan ISAR vakili Ştefan Hayne.

Taşkilotning operatsiyalar böyiça menejyeri Stiven Bayyer Reuters agentligiga bergan intervyusida şunday degan: «Körinib turibdiki, qayğu öz örnini asta-sekinlik bilan ğazabga böşatib bermoqda. Şu tufayli biz hozirça THW bilan qöşma lagerimizda qolamiz».

ISAR va THW bayonotida aytilişiça, bu guruhlar turklarning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boşqariş boşqarmasi (AFAD) xavf ariganini bildirganidan keyingina öz işlarini davom ettiradi.

Bayyer şuningdek, xarobalar ostida hali omon qolganlar borligini körsatuvçi qandaydir belgi paydo bölişi bilan har ikki guruh ham zudlik bilan yordamga oşiqişini qöşimça qilgan.

Prezident Erdöğan hukumat talonçilik va boşqa jinoyatlarga aloqador bölganlarga çoralar körişini ma’lum qildi. Foto: Getty Images