2023 yil 6 fevral kuni Turkiyada 1939 yildan keyingi eng kuçli zilzila sodir böldi. Mamlakat janubi-şarqida va qöşni Suriyada röy bergan yerosti silkinişlari natijasida, sönggi ma’lumotlarga köra, 33 mingdan ortiq kişi halok bölgan, ön minglab odam jarohatlangan. JSST hisob-kitoblariga köra, tabiiy ofat yuz bergan hududida 23 millionga yaqin odam yaşaydi, şundan 1,4 millioni bolalar. Juda katta miqyosdagi humanitar falokat Turkiyaning ijtimoiy-siyosiy tuzilişida ham özgarişlarga sabab bölişi mumkin.

14 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlari bölib ötadi. Uşbu saylovlar natijasida yigirma yil davomida bu lavozimni egallab kelgan Rajab Toyyib Erdöğan hokimiyatdan ayrilişi mumkin. Qiziği, Erdöğanning özi ham 2000-yillar boşida, xalqning 1999 yildagi zilzila va 2001 yilgi iqtisodiy inqiroz oqibatlarini bartaraf eta olmagan hukumatdan noroziligi tölqinida saylangan edi. Endi Turkiya jamiyati Erdöğan va uning partiyasini ötgan yillar davomida xatolarni tuzatmaganlikda hamda mamlakatni tabiatning yangi zarbasiga tayyorlamaganlikda ayblaşi mumkin.

Hukumati bir neça yildan beri xalqaro izolyatsiyada bölgan Suriyada esa vaziyat yanada murakkabroq. Arab Respublikasining zilziladan zarar körgan asosiy hududlari Damaşqdagi hukumat nazorati ostida emas. Şunga qaramay yaqin-yaqingaça Başar Asadni qöl berib körişişga noloyiq inson deb hisoblagan ba’zi davlat rahbarlari hozir u bilan uçraşişga harakat qilmoqda. Anadolu yarimorolidagi tektonik platolarning siljişi yana qanday siyosiy siljişlarga sabab böladi?

Erdöğan Turkiyani umumiy qayğu atrofida birlaşişga çaqirdi. Ammo muxolifat allaqaçon hokimiyatning notöğri hisob-kitoblari haqida savollar berişni boşlagan. 14 may kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovlari natijasi xavf ostida.

Zilziladan keyingi dastlabki soatlardayoq Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligidagi Turkiya rahbariyati aholini tabiiy ofat mavzusini siyosiylaştirmaslikka, umumiy qayğu atrofida birlaşişga çaqirdi.

«Umid qilamanki, biz mamlakat va millat sifatida hamjihatlik va birdamlik namoyon etib, bu dahşatli kunlarni ortda qoldiramiz. Bugun 85 million inson bir yurak kabi birga bölişi kerak bölgan kun», dedi Erdöğan 6 fevral kuni Turkiya Favqulodda vaziyatlar boşqarmasida sözlagan nutqida.

Erdöğanning koalitsiyadagi ittifoqçisi, Milliy harakat partiyasi rahbari Davlat Boğçali ham hozir «ahamiyatsiz siyosiy bahslarda vaqtni behuda ötkazadigan kun emasligi»ni