O‘zbekiston | 08:51 / 13.02.2023
1911
1 daqiqa o‘qiladi

KOICA TATUda IT-biznes dasturini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida KOICA'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Jang Vonjune hamda Kukmin universiteti prorektori, Strategik boshqaruv instituti direktori Byoung Jon Kim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Unda Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetida Global IT-biznes dasturini yo‘lga qo‘yish, Living Lab yondashuvi asosida IT-biznesning sanoat-akademik hamkorlik dasturini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida STEP (O‘zbekistonda startap va texnologiyalar ekotizimini ilgari surish dasturi) doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar, oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy siyosat, Janubiy Koreya hukumati va korxonalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari kabi masalalar xususida fikr almashildi.

Hozirgi kunda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda STEP dasturi doirasida 3 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid