6 fevral kuni Turkiya va Suriyada episentri Gaziantep yaqinida bölgan 7,8 magnitudali zilzila va undan keyingi afterşoklar qurbonlari soni 30 mingdan oşdi. Turkiyada 29 605 kişi qurbon böldi, deb xabar berdi Anadolu davlat agentligi 12 fevral, yakşanba kuni favqulodda vaziyatlardan himoya qiliş agentligi AFAD'ga tayanib. Suriyada tasdiqlangan qurbonlar soni 3575 kişiga yetdi.
Ayni paytda, 11 fevral kuni Turkiyaning zilziladan eng köp zarar körgan Qahramanmaraş viloyatiga kelgan BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Martin Griffits qurbonlar soni «ikki baravar, hatto undan ham köproq oşadi» degan fikrni bildirdi. Griffitsning fikriça, bu bosqiçda qandaydir baho beriş qiyin, çunki tabiiy ofat oqibatida hosil bölgan vayronalarni tozalaş kerak.
Turkiyaning İHA axborot agentligining 11 fevral kuni xabar berişiça, Turkiya janubidagi Hatay viloyatida tabiiy ofatdan 140 soat ötib yetti oylik bola vayronalar ostidan tirik holda olib çiqildi. Biroz oldin xuddi şu viloyatda ikki yoşli qizça qutqarib olingandi.
Vaqt ötişi bilan vayronalar ostidan tirik odamni topiş imkoniyati kamroq böladi. Turkiya hukumati avtoturargohlar, stadionlar va sport zallarida vaqtinçalik ölikxonalar taşkil etdi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, Turkiya va Suriyada 26 million kişi tabiiy ofat oqibatlarini boşdan keçirişi mumkin, jumladan, ilgari ijtimoiy himoyasiz deb hisoblangan beş millionga yaqin kişi zarar köradi.
«Iqtisodiy yöqotişlarni taxmin qiliş qiyin», çunki vaziyat özgarib turibdi, biroq ular 2 milliard dollardan (1,8 milliard yevro) oşib, 4 milliard dollarga (3,7 milliard yevro) yetişi mumkin, deb ta’kidlagandi Fitch Ratings.
Agentlikning ta’kidlaşiça, suğurta kompaniyalarining yöqotişlari mintaqada suğurta qoplamasining past taqsimlanişi tufayli 1 milliard dollar (930 million yevro) darajasida bölişi mumkin.
Tahlilçilarga köra, dahşatli zilzila Rajab Toyyib Erdöğanning 14 may kuni Turkiya prezidenti etib qayta saylaniş rejalarini barbod qilişi xavfi bor. Natijalar uning harakatlari tezligiga boğliq böladi.
«Favqulodda vaziyatga samarali javob beriş davlat rahbari va uning Adolat va taraqqiyot partiyasi pozitsiyasini mustahkamlab, milliy birdamlik tuyğusiga hissa qöşişi mumkin», dedi Teneo xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Volfango Pikkoli. «Agar zilzilaga javob çoralari muvaffaqiyatli bölmasa, Erdöğan may oyida bölib ötadigan saylovlarda mağlub bölişi mumkin», deb başorat qilgan Britaniya Foreign Policy Centre markazidan Emre Kaliskan.


















