Turkiyaning janubi-şarqida hamda Suriyaning şimolida sodir bölgan ketma-ket zilzilalar munosabati bilan köpçilik: “Mening uyim xavfsizmi? Agar tösatdan bu kabi hodisa yuz bersa, oilamni, özimni qanday himoya qila olaman? – degan xavotirli öylay boşladi.

“First Development Group” jamoasi jabrlanganlarning barçasiga çuqur hamdardlik bildiradi. Kompaniya mutaxassislari Özbekistonning köplab aholisini taşvişga solayotgan birinçi savolga batafsil töxtalib ötişga qaror qildi. Şu örinda, yangi qurilayotgan binolarda, xususan, “First Development Group” tomonidan qurilgan binolarda yaşaş xavfsizmi yoki yöqmi degan savolga javob berib, buni “Manhatten” turarjoy majmuasi misolida, nima uçun kompaniya öz obektlarining sifati va xavfsizligini işonç bilan kafolatlay olişini körsatib ötişni afzal bildilar.

Konstruktiv qismining loyihasi me’yoriy hujjatlar asosida, şu jumladan ayniksa seysmik normalar hisobga olgan holda amalga oşiriladi.

Masalan, “Manhattan” turarjoy majmuasining işçi hujjatlari bino konstruksiyalariga seysmik ta’sirning paydo bölişi va sezilişini hisobga olgan holda, Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi tomonidan tasdiqlangan KMK 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda quriliş" amaldagi me’yorlariga muvofiq işlab çiqilgan.

 

“Manhattan” turarjoy majmuasi.

Binolarning çökişiga yöl qöymaslik va seysmik tölqinlarni maksimal darajada söndiriş uçun qum-şağal aralaşmasidan qalinligi 5,0 metrgaça bölgan sun’iy asos, poydevor yotqiziş çoralari körildi. Konstruksiyalar qulaşining oldini oliş hamda bosimning gruntga bir xil taqsimlanişi uçun plita tipidagi poydevor işlab çiqildi (KMK 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda quriliş", KMK 2.02.01-98 “Özbekiston Respublikasi hududidagi bino va inşootlarning poydevorlari töğrisida”gi me’yorlariga muvofiq).

Yuk kötaruvçi konstruksiyalar sifatida bikirlik yadrosiga ega (diafragma) fazoviy monolitli temirbeton karkas işlatildi. Bikirlik yadrosiga ega karkaslar binoning butun balandligi böylab uzluksiz qöllanilgan bölib, gorizontal seysmik kuçni öziga qabul qiladi. Bikirlik yadrolari bilan mustahkam boğlangan qavatlararo monolitli temirbeton plitalar butun tizimning birgalikda işlaşini ta’minlaydi.