Ğoziantep viloyati Islohiya şahriga yordam beriş uçun kelgan köngilli qutqaruvçilar orasida özbekistonlik yoşlar ham bor ekan. Biz Izmir oliygohlaridan birida tahsil oluvçi, qaşqadaryolik Sardorbek Hasanov bilan suhbatlaşdik.

— Bu yerga qanday kelib qoldingiz?

— Zilzila bölgan joyga ikki kun oldin kelişimizdan avval bizga, Özbekiston askarlari kelişgan, rus, ingliz, özbekça biladigan tarjimon kerak deyişdi. Şunga aloqaga çiqib, şu orqali ikki kun oldin keldim.

— Bu yerda nimalarga şohid böldingiz?

— Hozir holat körib turganingizdek, juda yomon. Orqamizdagi binolar misol uçun körinişidan butun körinadi, biroq osti ketgan. Xavfli. Heç kim yaşamaydi. Hamma hozir köçalarda örnatilgan çodirda yaşayapti. Uyi yöqlar çodirlarga, tanişi, qarindoşi borlar şaharlarga ketişdi.

— Aholiga qanday yordam beryapsiz?

— Hozirgi kunda şifokorlar bilan birgalikda yordam beryapmiz. Undan taşqari, omborxonalarga yopinçiqlar kelyapti. Omborxonalarga va şifokorlarga yordam beryapmiz.

— Hozir bu videoni körgandan söng köpçilikning bu yerdagilarga yordam bergisi keladi. Nimalar ehson qiliş mumkin? Odamlar nimalarga muhtoj?

— Bu yoqqa hozir hamma narsa lozim. Asosan odamlar bir marta kiyilgan kiyimlar berib yuborişyapti. Aytmoqçimanki, iloji boriça issiqroq narsalar berib yuboriş kerak. Havo harorati keçasi –10 darajagaça sovib ketyapti. Şuning uçun issiqroq narsalarga ehtiyoj bor.

— Oziq-ovqatlarga-çi?

— Oziq-ovqatlar berilyapti. Umuman olganda oziq-ovqatlar yetarli. Issiq kiyim, gigiyenik vositalarga köproq ehtiyoj bor. Bu yerda suv çiqmayapti. Aytişlariça, odamlar orasida 10-15 kunlab yuvina olmagan odamlar bor ekan.

Sardor Usmoniy suhbatlaşdi