U Qaşqadaryoning Yakkaboğ tumanidan. Bolaligidan, 5-sinfdan nemis tilini çuqurroq örganişni boşlagan. Çunki onasi şu fandan öquvçilarga qöşimça dars berardi. Dars ötayotgan paytlari u ham kirib ötirar, abituriyentlariga qanday topşiriq bersa, onasi unga ham şu topşiriqlarni berardi.

«Onamning öquvçilarga dars berişi, uyda ham dars tayyorlaşini doimiy körib katta bölganman. Bu mening tilga qiziqişimga sabab bölgan.

Boşida yuridik universitetda öqişni niyat qilgandim va şu uçun tarixni 9-sinfdan boşlab repetitorga borib örgana boşlagandim. Dadamning şe’riyatga, adabiyotga mehri bölakça edi. Adabiyotga bölgan mehrni dadamdan, tilga muhabbatni esa menimça, onamdan olganman», — deydi u.

Erk degani…

U bolaligidan juda mustaqil bölgan. Biror narsani sörasa otasi ham, onasi ham, «ha, qizim, sen eplay olasan», deyişardi. Bu işonç uning mustaqil bölişiga yordam bergan.

«Erk degan sözni köpçilik qabul qila olmaydi. Lekin bizning oilada «Yöq, sen qiz bolasan, öqiş senga emas», degan gaplar bölmagan, «Qizim, sen eplaysan, hali zör bölasan», deyişardi, aksinça. Erk degani ota-onam oldida öz istaklarimni erkin ayta olganim, deb öylayman.

Ma’lum sabablarga köra, yuridik universitetda öqiş imkonim bölmadi. Keyin matematika va nemis tilini çuqurroq öqiy boşladim. Onam kiçikroq sinfligimdan matematika har doim kerak böladi, deb undagani uçun şu fanni yaxşi öqişimga ham sababçi bölgandi. Lekin iqtisod yönalişidan ham ketmadim. Oxirida Özbekiston davlat jahon tillari universitetiga 171 ball bilan 2-örin kontraktga kirdim.

Öqişni tugatib nemis tili fani böyiça iş örinlari kam ekanini bildim. Men uçun eng qulay joy Toşkent edi, biroq poytaxtda mening mutaxassisligim böyiça iş topiş qiyinligi sabab, ingliz tiliga qayta öqidim.

Bu orada oila ham qurdim. Lekin oilamda köp narsaga közim yetmaganligi, «barçasi çidab yaşaş» degan narsani özimga ep körmaganim sababli ajraşdim.

Toşkentda Kelesdagi bir maktabda ingliz tilidan dars berdim. Öşa payti öqituvçi bölganimdan juda-juda faxrlanganman. Kun davomida dars ötardim, darsdan söng repetitorlik qilardim. Tölov qilişga imkoni yöq, biroq öqişga qiziqqan bolalarga bepul dars ötardim. Çunki bir paytlar menga ona tilidan dars bergan repetitorim oilamizda moddiy qiyinçilik sabab tölov qilolmay qolgan paytimiz vaziyatni tuşunib, 3-4 oylik tölov pulidan birdaniga keçib yuborgan. Öşanda «Men ham bir kun repetitorlik qiladigan bölsam, qiynalgan öquvçilarni bepul öqitaman», deb niyat qilgandim.