Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, Suriyaning isyonçilar nazoratidagi anklavi hamda Damaşqdagi hukumat nazorat qiladigan boşqa hududlaridagi qurbonlarning jami soni 5 800 kişini taşkil etmoqda.

«Turkiyada ikki zilziladan jabrlangan 10 viloyatda yaşovçi bolalarning jami soni 4,6 million nafarni taşkil etadi. Suriyada esa tabiiy ofat 2,5 million bolani çetlab ötmagan», deya xabar qildi jurnalistlarga YUNISEF matbuot kotibi Jyeyms Elder.

Seşanba tongida Qahramonmaraşda qutqaruvçilar xarobalar ostidan bir bola va bir katta yoşli kişini çiqarib olişdi. Ular qariyb 200 soat mobaynida vayronalar ostida bölişgan.

Qahramonmaraşning boşqa hududida qutqaruvçilar zilzila va keyingi silkinişlardan omon qolgani taxmin qilinayotgan bir oilaning uç vakili – buvi, ona va qizni topişga harakat qilmoqda.

Turkiya naşrlariga köra, qutqaruvçilar yana bir neça joylarda omon qolganlarni topişga umid qilmoqda, bu nuqtalarda xarobalar ostida hayot alomatlari sezilgan.

Seşanba kuni Turkiya prezidenti Erdöğan qutqaruv işlariga jami 249 ming kişi jalb etilganini ma’lum qildi.

Seşanba kuni qutqaruvçilar xarobalar ostidan 17 yoşli Muhammad Enes Yeninar va uning 21 yoşdagi akasi Abdulbakini olib çiqişdi – ular zilziladan keyin 198 soat davomida vayronalar ostida qolişgan. Foto: Getty Images

Ammo mamlakat janubidagi Antakyada ekskavatorlar jiddiy darajada şikastlangan binolarni snos qilişga va xarobalarni tozalaşga kirişgan - qutqaruvçilar endi omon qolganlar topilişiga umid qilişmayapti.

Köplab aholi va qutqaruvçilar ham zilziladan keyingi dastlabki kunlarda falokat hududlarida içimlik suvi, oziq-ovqat, dori-darmon, jasadlar uçun qoplar va kötariş kranlari yetişmasligidan şikoyat qilişdi. Turkiya Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş boşqarmasi ham yordam körsatişdagi sustkaşlik va haddan taşqari markazlaşgan byurokratik protseduralar uçun tanqid qilindi.

Turkiya tadbirkorlar konfederatsiyasi va respublika işbilarmon doiralari vakillarining hisob-kitoblariga köra, zilziladan körilgan zarar miqdori 84,1 mlrd dollarga baholanmoqda.

Dam oliş kunlarida e’lon qilingan hisobotda aytilişiça, asosiy xarajatlar binolar, elektr uzatiş liniyalari va infratuzilmalarni tiklaş, şuningdek boşpanasiz qolgan yuz minglab kişilarning qisqa va uzoq muddatga turar joyga bölgan ehtiyojini qondiriş bilan boğliq böladi.