Ozodlikdan mahrum etilgan rossiyalik muxolifatçi Andrey Pivovarovning qarindoşlari va advokatlari bir oydan beri uning qayerda ekanligi haqida heç qanday ma’lumot topa olmayapti. Amnesty International inson huquqlari taşkiloti 17 fevral, juma kuni siyosatçi «majburiy ğoyib bölgan», deb ma’lum qildi.

Pivovarov jazoni ötaş uçun axloq tuzatiş koloniyasiga ötkazilayotgan paytda Sankt-Peterburgga olib ketilgan 18 yanvardan beri uning qayerda ekanligi noma’lum, deydi huquq himoyaçilari.

«Siyosiy ayblovlar bilan qamalgan rossiyalik muxolifat yetakçisi Andrey Pivovarovning sönggi bir oy davomida heç qanday aloqaga çiqmagan, uning hibsga olinişi va majburan ğoyib bölişi davom etyapti», dedi Amnesty International taşkilotining Rossiya böyiça direktori Natalya Zvyagina bayonotida.

Uning sözlariga köra, bu uzoq bosqiçli amaliyot Rossiyada sovet GULAGlari davridan beri saqlanib qolgan. «Mahbuslar bir neça hafta davomida izolyatorlardan izolyatorlarga ötkazilib, ular bilan aloqa qilmasdan uşlab turiladi, bu esa zörlik bilan yöqolib qoliş bilan barobar. Bu mahkumlarni qöşimça ğayriinsoniy jazolaşni nazarda tutuvçi va ularning oilalariga azob-uqubat keltiruvçi Rossiya jazoni ijro etiş tizimining öziga xos belgisi bölib qolmoqda». - ta’kidladi Zvyagina.

«Otkrytaya Rossiya»ning sobiq direktori Andrey Pivovarov 2022 yil iyulida «nomaqbul taşkilot» faoliyatini amalga oşirganlik moddasi böyiça 4 yilga qamalgan edi. 2022 yilning 22 dekabrida Pivovarov sud hukmi ustidan şikoyat qilinmagunça Krasnodardagi SIZO-1dan boşqa joyga ötkazilgani ma’lum böldi.

18 yanvar kuni u Sankt-Peterburgdan boğlangan, şundan beri uning oilasi va döstlari u haqida heç qanday ma’lumotga ega emaslar.