Kirbining sözlariga köra, «vagnerçilar» Donetsk viloyatining Baxmut va Soledar mintaqasidagi Rossiya hujumida faol iştirok etgan va XHKning özi asosan «Ukrainada jang qiliş uçun qamoqxonalardan ozod qilingan jinoyatçilar»dan iborat.
Bir neça soat oldin Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi «Vagner» XHK Ukrainaga juda köp mahkumlarni jönatganini va ular orasida «yöqotiş darajasi 50 foizga yetganini» aytgandi.
Ukrainada Rossiya uruşi boşlanganidan beri, Rossiya Mudofaa vazirligi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi kuçlarining 175-200 ming jangçisi halok bölgan va yaralangan bölişi mumkin. Bunday ma’lumotlar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 17 fevral kuni kundalik hisobotida keltirildi.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, jami 40-60 ming harbiy halok bölgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, Rossiyada «qisman safarbarlik» ötkazilgan 2022 yil sentabridan buyon ularning soni sezilarli darajada oşgan.
Zamonaviy standartlarga köra, halok bölganlar va yaradorlar nisbati - yuqori, deb ta’kidladi Britaniya razvedkasi. Bu, albatta, şaxsiy tarkibning köpçiligi uçun öta qoniqarsiz tibbiy yordam bilan boğliq, deyiladi hisobotda.


















