Tabiat resurslari vazirligining viloyat boşqarmasidan ma’lum qilişlariça, 21 yanvar kuni boşqarmaga bir fuqarodan “Bandixon ilmiy tajriba stansiyasi” xöjaligida mavjud daraxtlar va boğlar yöq qilinayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Şundan keyin holat örganilib, akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi “Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasi” hududi közdan keçirilganda 4 tup ösuvçanligini yöqotmagan katta yoşli çinor daraxtlari noqonuniy ravişda tag qismi bilan kesib ketilgani aniqlangan.
“Xöjalik mutasaddilarining öz işiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşişi natijasida Özbekiston Respublikasining “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonunining 37-moddasi talablari buzilib, 216 mln söm miqdorda ösimlik dunyosiga zarar yetkazilgan”,– deyiladi rasmiy xabarda.


Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, töplangan hujjatlarga huquqiy baho berilişi uçun iş prokuraturaga oşirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2022 yil davomida Özbekistonda jami 1 777 tup qimmatbaho va köp yillik daraxtlar kesilgani va buning ortidan tabiatga 10 milliard söm zarar keltirilgani ma’lum qilingandi.
















