Aytiş joizki, zamonaviy Özbekistonimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan jadal va keng kölamli islohotlar qatorida energetika tarmoğining ajralmas böğini hisoblangan gidroenergetika sohasida ham izçil islohotlar bosqiçma-bosqiç olib borilmoqda. Sönggi yillarda investitsiyaviy loyihalar asosida yangi gidroelektr stansiyalarni quriş, uzoq yillardan buyon işlab kelayotgan GESlarni zamon talablari asosida modernizatsiya qiliş işlari yuqori sur’atlarda amalga oşirilmoqda.

Aytib ötiş lozimki, Surxondaryo viloyatining gidroenergetik salohiyatini töliq işga soliş va bu boradagi işlarni jadallaştiriş borasida bir qança yirik loyihalar amalga oşirilayotganidan xabaringiz bor. Bu borada muhtaram prezidentimiz Şavkat Miromonoviçning joriy yil 17-18 noyabr kunlari Töpalang GESda amalga oşirilgan modernizatsiya işlari hamda Zarçob-3 GESning qurilişi boşlanişiga start beriş jarayonlariga guvoh böldik.

Bugun, 15 dekabr – Qiziriq tumani Isfara kollektorida Isfara mikro GES-1 ning oçiliş marosimi ötkazildi.

Mazkur mikro GESning quvvati 230 kVt, örtaça yillik 1 076 000,0 kVt.soat elektr energiya işlab çiqariş imkoniyatiga ega.

Isfara-1 mikro GESda işga tuşirilişi natijasida mahallabay tizim orqali Yangikent mahallasining 460 ta xonadoni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi va 5 ta yangi iş örinlari yaratildi.  

Özbekistonda ilk bor mazkur GESda barça uskunalar mahalliy işlab çiqariş doirasida 100% özimizda işlab çiqarilgan. Tizim taşkiloti hisoblangan “Suvsanoatmaş” AJda GES uçun zaruriy bölgan barça jihozlar işlab çiqarildi. Asosiysi, arzon va ekologik toza elektr energiyasi işlab çiqarilişi ta’minlanmoqda.