AQŞning sobiq prezidenti, hozir 98 yoşda bölgan Jimmi Karter bir neça bor kasalxonaga yotqizilganidan söng keyingi davolanişdan boş tortdi, dedi Karter markazi 18 fevral, şanba kuni. Sobiq davlat rahbari qolgan vaqtini oilasi bilan ötkazişga va qöşimça tibbiy aralaşuv örniga hospis yordamini olişga qaror qildi, deyiladi Markaz xabarida.

The New York Times gazetasining yozişiça, Karter sönggi yillarda soğliğida bir qança inqirozlarni boşdan keçirgan, jumladan, 2015 yilda jigari va miyasiga metastaza bergan melanomani.

Sobiq prezident rafiqasi, 95 yoşli Rozalin Karter bilan Jorjiyadagi rançoda yaşaydi. 2019 yil mart oyida u mamlakat tarixidagi eng keksa sobiq prezidentga aylandi. Sönggi yillarda Karter jamoat faoliyatini deyarli töxtatdi va 2021 yil yanvarida AQŞ prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasida qatnaşa olmadi. Şundan söng Baydenning özi Karterning uyiga taşrif buyurdi.

Karter 1976 yilda Demokratik partiyadan prezidentlikka saylangan va 1981 yilga qadar Oq uyni bir muddat boşqargan, u saylovlarda respublikaçi Ronald Reyganga yutqazgan. Iste’foga çiqqanidan keyin Karter sönggi yillarda soğliği yomonlaşgunça gumanitar loyihalar bilan şuğullanişda va dars berişda davom etdi. 2002 yilda u dunyo böylab mojarolarni tinç yöl bilan hal qiliş va inson huquqlari uçun kuraşga qaratilgan sa’y-harakatlari uçun Nobel tinçlik mukofotiga sazovor böldi.