Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi «2022—2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi töğrisida»gi farmonida maktab öquvçilarini kasbga yönaltiriş, ta’lim muassasalarida bepul tögaraklar faoliyatini yölga qöyiş böyiça zarur topşiriqlar belgilangan.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabariga köra, vazirlik tomonidan öquvçilarda kasb-hunar könikmalarini şakllantiriş maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta tögarak taşkil etiş böyiça zarur işlar boşlangan.

Ma’lum qilinişiça, uşbu maqsadlar uçun davlat budjetidan 79,5 mlrd söm ajratilgan bölib, tögaraklar yönalişini aniqlaş böyiça öquvçilar va ota-onalar örtasida sörovnomalar ötkazilmoqda.

Bunda öquvçilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, AT injiniring, tarjimonlik kabi yönalişlar böyiça tögaraklar taşkil etişga ustuvorlik berilmoqda.