Telegram-kanallarda noma’lum erkak yoş bolaning qölidan uşlab maktab hududidan çetga olib çiqmoqçi bölgani aks etgan video tarqaldi. Voqeaga guvoh bölib qolgan maktab yaqinidagi köp qavatli uyda yaşovçi ayol “Bolani qöyib yubor”, deb baqirgaç, erkak harakatdan töxtaydi. Videoda erkakning çangalidan xalos bölgan bola maktab tomonga yugurib ketgani, noma’lum şaxs esa voqea joyidan tezda uzoqlaşgani aks etgan.
Toşkent şahar IIBB muhokamalarga sabab bölayotgan holat yuzasidan bayonot berib, bola hamda uning yölini tösgan erkakning şaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.
“19 fevral kuni taxminan soat 12:35 larda Yaşnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy örta ta’lim maktabida noma’lum şaxs şu maktab öquvçisi 2011 yilda tuğilgan M.O.ni töxtatib, qölidan uşlab: “Şu maktabda tahsil olasanmi?” – deb söragan.
Voyaga yetmagan M.O. uşbu şaxsni tanimagani sababli u bilan gaplaşmasligini bildirib, qöyib yuborişini aytgan, söng uyiga ketgan. Bola hozirda ota-onasining yonida soğ-salomat holatda.
Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Örganişlar jarayonida videoda aks etgan şaxs 1994 yilda tuğilgan M.U. ekani aniqlangan. Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
18 fevral kuni ham Toşkentda bola öğrilari paydo bölgani haqida xabarlar tarqalgan, Toşkent şahar IIBB axborot xizmati uşbu xabarlar asossiz ekani, ularga işonmaslikni, bu kabi yolğon xabarlarni tarqatgan şaxslarni aniqlaş yuzasidan tekşiruv ötkazilayotganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uçtepa

















