Ma’lumotda aytilişiça, 20 fevral kuni Toşkentda bank va Uzum örtasida şartnoma imzolangan. Xolding tarkibida bank Özbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlaştirişga qaratilgan taşabbuslarni faol rivojlantirişni rejalaştirgan.
“Uzum ekotizimi bilan birlaşiş bankka davlatimizda bank xizmatini raqamlaştiriş va tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda özbekistonliklar hayot sifatini yaxşilaş uçun yagona raqamli infratuzilmani yaratişda faol iştirok etiş imkonini beradi”, – dedi bank kuzatuv kengaşi raisi Maqsud Abdusamadov.
Ma’lumot örnida, “Uzum” kompaniyalar guruhiga “Kapitalbank” ATB, “Uzum Nasiya” muddatli tölov xizmati, “Uzum Market” marketpleysi, şuningdek, “Uzum Bank” raqamli banki kiradi.
















