Turkiya hukumati millionlab noqonuniy qurilişlar uçun amnistiya e’lon qildi. Mutaxassislar uşbu amnistiya katta falokatga olib kelişini uzoq vaqtdan beri aytib kelayotgandi.
Erzin şahrini zilziladan nima qutqarganini tahlil qilişdan oldin, bir qadam ortga çekiniş va Turkiyaning sönggi ön yilliklardagi quriliş siyosati qanday tuzilganini tuşuniş kerak. Sönggi ma’lumotlarga köra, 41 mingdan ortiq (Suriyani ham hisobga olsa 47 mingdan ziyod) odam halok bölgan uşbu dahşatli zilzila bunday keng kölamli oqibatlarga olib kelişining sabablaridan biri sifatida köpçilik Rajab Toyyib Erdöğan partiyasi hukmronligi davrida mamlakatda qurilgan uylar va boşqa binolarning sifatsizligini körsatadi.
Turkiyada haqiqiy quriliş «portlaşi» 2000-yillar boşlarida, Erdöğan boşçiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) hokimiyatga kelişi bilan sodir böldi. Turkiya Statistika instituti ma’lumotlariga köra, zilziladan eng köp zarar körgan ön viloyatdagi binolarning taxminan 51 foizi 2001 yildan keyin qurilgan. E’tiborlisi, Erdöğan davrida Turkiyada binolarning ruxsat etilgan maksimal balandligi 20 qavatdan 37 qavatga oşirilgan edi.
Turkiyada AKP hukmronligi davrida sakkiz marta röyxatga olinmagan quriliş işlari uçun amnistiya e’lon qilingan.
«Saylovçilar ovozi va pul uçun (noqonuniy qurilişlarni) keçirdingiz, ammo zilzila keçirmadi», degan Turkiya hukumatini tanqid qiluvçi «Sözcü» gazetasi şarhlovçisi Erdöğan Suzer.
Turkiya tarixidagi eng sönggi va yirik quriliş amnistiyasi 2018 yil may oyida parlament va prezidentlik saylovlari oldidan e’lon qilingandi. Hukumat qaroriga köra, 2017 yil 31 dekabrigaça qurilgan barça noqonuniy binolar egalarining arizalari asosida va tegişli tölov evaziga amnistiya qilinişi mumkin edi. Amnistiya uçun jami 10 millionga yaqin arizalar kelib tuşgan bölib, ulardan 1,8 millionga yaqini ma’qullangan (xususan, yaqinda sodir bölgan zilziladan eng köp jabr körgan viloyatlarda 294 mingdan sal köproq noqonuniy bino amnistiya qilingan).
Öşanda davlat ğaznasiga 25,5 milliard turk lirasidan köproq mablağ kelib tuşgan (hozirgi kurs böyiça taxminan 1,3 milliard dollar), biroq öşa paytdayoq köplab ekspertlar bu qaror oqibatlari haqida ogohlantirdi. Masalan, 2019 yilda Quriliş muhandislari milliy palatasi raisi Jyemal Gökçe amnistiya uçun mas’ul amaldorlar özlarining qarorlari sabab «Turkiya şaharlarini (zilzila sodir bölgan taqdirda) qabristonga aylantirişi mumkinligi» haqida töğridan töğri ogohlantirgan.
«Erzindagi möjiza» — qattiq şaharsozlik siyosati natijasi. Şaharda noqonuniy va köp qavatli binolar qurilmagan


















